So’nggi yangiliklar

11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  0 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  0 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  6 09:11ЦСКАнинг янги бош мураббийи мамлакатида қамалиши мумкин  0 08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  1 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  23 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  6 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  3 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  134 00:35Погба янги клуби деярли маълум  3

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018ga chiqqan jamoa bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018ga chiqqan jamoa bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

O'zbekiston milliy terma jamoasi Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Uchrashuv 2018 yilning 27 mart kuni Marokashning Kasablanka shahrida bo'lib o'tadi.

2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati oldidan FIFA kunlari faqat mart oyida mavjud. Tabiiyki, bu kunlarda JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar kuchli raqiblarga qarshi bahs olib borishga harakat qilishadi. O'zbekiston futbol federaciyasi birinchilardan bo'lib Jahon chempionati oldidan mundial qatnashchisi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.


Malumot uchun, Marokash terma jamoasi 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lib, “B” guruhida Portugaliya, Ispaniya va Eron terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Franciyalik mutaxassis Erve Renar shogirdlari JCH saralashining “S” guruhidagi so'nggi o'yinda Kot d‘Ivuar terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan. So'nggi bor marokashliklar 1998 yil Franciya jahon chempionatida qatnashgan. Marokash terma jamoasi tarkibida Mexdi Benatiya, Muborak Bussufa, Nabil Dirar kabi mashhur futbolchilar to'p suradi.


P.S. Bu kelishuv professional shartnoma asosida amalga oshirildi. Uchrashuv bekor bo'lgan taqdirda bekor qilgan tomon jarima to'laydi.

Reyting: +157   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика