O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari qanday "tulpor"larni minishadi?
08 iyu 2017 15:17
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari qanday "tulpor"larni minishadi?
Ushbu o'yingacha milliy jamoamiz muxlislari zerikib qolmasliklari uchun terma jamoamiz futbolchilari qanday "temir tulpor"larda yurishini taqdim etamiz.
O'zbekiston terma jamoasining ikki darvozaboni mamlakatimizda ishlab chiqariladigan Kaptiva mashinasini haydashadi.
Terma jamoamizning yana bir posboni Eldorbek Suyunov Lasetti Jentra boshqaradi.
Himoyachi Egor Krimec 2015 yilda Lasetti minib yurar edi. Hozir u egarlagan "tulpor" o'zgargandir, balki yo'q.
Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov Namangandan Toshkentga va Toshkentdan Namanganga borish uchun ushbu mashinadan foydalanadi.
Tailandga qarshi chiroyli gol urgan Sardor Rashidov Qatarda Mercedes-Benz ML boshqaradi. O'zbekistonda esa Kaptivadan foydalanadi
Jaloliddin Masharipovning suratdagi mashinasi modelini aniqlash qiyin. Bu Malibu
Server Jeparov esa Audi TT bilan shahar kezadi
Hujumchi Termurxo'ja Abduholiqov Toshkentda Spark avtomobilini boshqaradi
Futbolchilar necha daqiqada o'zi minib yurgan mashinasiga teng pul ishlab topadi?
Fikrlar