So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

O'zbekiston terma jamoasi etibor qaratishi kerak bo'lgan 6 yosh murabbiy Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi etibor qaratishi kerak bo'lgan 6 yosh murabbiy

O'zbekiston terma jamoasiga qaysi murabbiy as qotishi mumkin?

Bizning talqin bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod bo'lishga arziydigan 6 yosh va istiqbolli mutaxassis haqida maqola tayyorladik.

O'zbekiston terma jamoasining barcha muxlislari futbolchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etishini orzu qilishadi. Jamoamiz bir necha marotaba sayyoramizning eng yirik xalqaro turnirida ishtirok etishga urinib ko'rdi, ammo har safar nimadir etishmadi. Braziliyadagi mundialga chiqishimiz uchun Qatar darvozasiga yana 2 ta gol urish yoki Janubiy Koreyaga qarshi bahsda hech bo'lmasa 1 ochko ishlash kerak edi.

Mamlakatimiz futbol rahbariyati Mirjalol Qosimov va Vadim Abramovni ikki martadan MTJ bosh murabbiy etib tayinladi. Ayni damda O'zbekiston terma jamoasini muvaffaqiyatlik startdan so'ng, Eron va Janubiy Koreyadan mag'lub bo'lib, ko'plab tanqidlarga uchrayotgan Samvel Babayan boshqarmoqda.

Terma jamoamiz Osiyo qitasida Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliya kabi grandlar safiga kirmaydi, JCHga chiqish uchun esa aynan shu grandlarni taslim etish lozim. Har safar jamoamiz oldiga yuqori maqsadlar qo'yiladi.

Jahon chempionati saralash o'yinlari paytida yangi murabbiy olib kelish tavakkal degani, chunki ichki chempionat uchrashuvlari yakunlandi va milliy terma jamoa futbolchilarining o'yinini ko'rib bo'lmaydi.

Jahon futbolida mashhurlikka erishgan, ko'plab yirik jamoalarda ishlagan va faoliyatini yakunlayotgan murabbiyni taklif qilish ham to'g'ri qaror emas. Bunday mutaxassisda yuqori cho'qqilarga intilish istagi kam bo'ladi va ular ko'proq moliyaviy tomonga etibor qaratishadi. Bizni bu qoniqtirmasligi aniq.

Aynan shu tufayli biz yosh, istiqbolli va bir necha oy yoki yillik faoliyati davomida kelajakda jahonning eng kuchli mutaxassislaridan biriga aylanishi mumkin bo'lgan murabbiylarga etibor qaratdik. Terma jamoamizga yangicha qarash, o'zgarishlar kerak, chunki jahondagi ko'plab murabbiylar mashhur maktablardan chiqqan. Biz ushbu joyga munosib murabbiylarni taqdim etdik:


Oleg Kononov (Belarus)


"Krasnodar"dagi ishi bilan mashhur bo'lgan Oleg Kononov futbolchilik faoliyatini zaxira va havaskol klublarda o'tkazgan. U futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng "Lokomotiv" (Minsk) va "Torpedo" bosh murabbiyi yordamchisi sifatida ishlagan, keyin esa o'zi "SHerif" (Tiraspol) va "Metallurg" (Zaporoje) yoshlariga ustozlik qilgan.

Kononov 2008 yilda "Karpati" bilan shartnoma imzoladi, 2008/09 mavsumda uning jamoasi beshinchi o'rinni egalladi va evrokubokka yo'llanma oldi. Keyin u jamoasini Evropa ligasi guruh bosqichiga olib chiqdi. 2012 yilda "Sevastopol"ga bosh murabbiy bo'lgan mutaxassis, mavsum yakunida jamoani Ukraina oliy ligasida o'ynashiga yordam beradi. 2013 yilda "Krasnodar"ga kelgan Kononov, klubdagi ilk mavsumdayoq jamoani Rossiya Kubogi finali va evrokuboklarga olib chiqadi, bir yildan so'ng "shaharliklar" o'z tarixida ilk marotaba Rossiya chempionatining bronza medalini qo'lga kiritishadi. Kononov joriy mavsumni omadsiz boshlagani tufayli "Krasnodar" rahbariyati uni istefoga chiqardi.

Oleg Kononov o'zi ishlagan deyarli barcha jamoalarda muvaffaqiyatga erishgan. U boshqargan uchchala klub ham o'z imkoniyatlarini to'liq namoyon etgan. Mutaxassis doimo yuqori maqsadlarni oldiga qo'yardi.

Agar uning o'yin uslubiga etibor beradigan bo'lsak, Kononov ko'proq to'pga egalik qilishga etibor qaratgan (o'rtacha 57,2%) va uning ko'rsatkichi Rossiya chempionatidagi eng yaxshi natija bo'lgan. "Buqalar" Kononov qo'l ostida pressingga katta etibor qaratmasdan, ko'proq butun maydon bo'ylab o'ynashgan, ammo bu raqib maydonida to'p olish bo'yicha past ko'rsatkich qayd etishga olib kelgan (o'rtacha har bir uchrashuvda 4.8).

"Krasnodar"ning yorqin o'yinini qanot orqali emas, balki markaz bilan o'ynashidan ko'rsatish mumkin. Ushbu o'yin asosini Odil Ahmedov va Pavel Mamaev tashkil qilgan. Bu qaror qanotda kuchli bo'lmagan futbolchilar tufayli qabul qilingan. O'sha paytda qanotlarda yosh bo'lmagan Kaleshin, chap oyog'idan kam foydalanadigan Petrov va to'p olish bo'yicha eng yaxshi, ammo tezligi past bo'lgani uchun hujumlarda kam ishtirok etadigan Enjeychik o'ynardi. Agar Kononov O'zbekiston terma jamoasiga taklif etilsa, u tezkor Denisov, barqaror o'yin ko'rsata olmaydigan To'xtaxo'jaev borasida biror qaror chiqarishi kerak bo'ladi.

Umuman olganda, O'zbekiston terma jamoasida yangi murabbiy o'zgarishlar qilishi aniq. Kononov terma jamoamizda bor futbolchilardan unumli foydalanishga urinadi. Uning qo'l ostida yaxshi tanish bo'lgan Ahmedov, ishonchli markaziy himoya va qanotdan hujum qila oladigan yoshlar bo'ladi. Bundan faqat to'g'ri foydalanish kerak.


Valeriy Karpin (Rossiya)


"Spartak" afsonasi va 90 yillarda "Selta"ning eng esda qolarli futbolchisi murabbiylik faoliyatini Mikael Laudrup istefosidan so'ng o'zining sevimli "Spartaki"da boshlagan, bungacha esa klubda sport direktori vazifasida ishlagan.

U futbolchi sifatida "Spartak" bilan uch yilda uch marotaba chempion bo'lgan va Ispaniya chempionatiga ko'chib o'tib, 11 yil ichida "Real Sosedad", "Valensiya" va "Selta"da to'p tepishga ulgurgan.

2009 yilda "A" toifasidagi murabbiylik licenziyasiga ega bo'lgan Karpin, "Spartak"ning to'laqonli bosh murabbiyiga aylandi. U 2010 yilda poytaxt jamoasi bilan Rossiya chempionatida to'rtinchi o'rinni egalladi, CHempionlar ligasida esa uchinchi o'rin bilan cheklandi. 2011 yilning 19 aprelida mutaxassis o'z xohishiga ko'ra istefoga chiqmoqchi bo'ldi, chunki o'sha paytda jamoa turnir jadvalining so'nggi o'rnida edi, ammo futbolchilar bosh murabbiyni qo'llab-quvvatlashdi va rahbariyat mutaxassisning iltimosini rad etdi. 2011/12 mavsumdan so'ng klub prezidenti Leonid Fedun Karpinni istefoga chiqardi va uning o'rniga Unai Emerini talkif qildi. "Spartak" baskoniyalik mutaxassis bilan uzoq hamkorlik qilmadi va u o'sha yilning qish faslida ishdan bo'shatildi. Karpin vaqtincha yana "Spartak"ka qaytdi va jamoa o'sha mavsum uchinchi o'rinda yakunladi, ammo 2013/14 mavsumning omadsiz starti va Evropa ligasini "Sant-Galen"dan uchralgan mag'lubiyat tufayli tark etish Valeriy janoblarini jamoa bilan xayrlashishga majbur qildi.

2014 yilning 12 avgust kuni Valeriy Karpin "Malorka" bosh murabbiyiga aylandi, ammo bu erda rossiyalik murabbiyni omadsizlik kutib turgan edi. 5 ta turdan so'ng jamoa 1 ochko to'plab, Ispaniya chempionatining ikkinchi darajali chempionati jadvalining so'nggi o'rnini egallab turgandi. SHu bilan birga jamoa Ispaniya Kubogini ham erta tark etdi. Agar Karpin klubni shartnoma muddatidan avval tark etganida 400 ming evro olishi mumkin edi. Omadsiz davrdan so'ng jamoani muvaffaqiyat kutib turgandi. "Malorka" 5 ta g'alabaga erishdi va 2 ta bahsni durang bilan yakunladi. Keyin Karpin shogirdlarida yana pasayish kuzatildi va klub 2015 yilning yanvarida rossiyalik mutaxassis bilan xayrlashdi.

2015 yilning 9 iyulida FNLda (Rossiyaning ikkinchi darajali chempionati) ishtirok etuvchi "Torpedo" Valeriy Karpin bilan shartnoma tuzdi. Jamoaning FNLdagi birinchi 5 ta uchrashuvi 0:0 hisobi bilan yakunlandi va bu liga rekordiga aylandi. "Torpedo" 8-turdagina gol urib, "Sibir" ustidan g'alabaga erishdi. Ammo klub omadsizliklar girdobiga tushib qoldi. Jamoa mavsum yakuniga ko'ra FNLni tark etdi. 2016 yilning 23 iyun kuni murabbiy o'z vazifasini tark etdi.

Valeriy Karpin Rossiya futboli tarixida ahamiyatli shahs hisoblanadi. Uning ishi bo'yicha doimo ko'plab bahslar bo'lgan, Karpinning "Spartak"da ishlagan paytidagi so'zlaridan esa hozirgacha foydalanib kelishadi.

Karpin turli taktikalarga moslashuvchan mutaxassis sifatida o'zini ko'rsatgan. U "Spartak"da turli davrlarda 4-3-3, 4-2-3-1 va 3-4-3 sxemalari bilan tajribalar o'tkazgan, ammo o'yinni barqarorlashtira olmagan va faqat qisqa vaqt davomida yaxshi natijalarga erishgan. Uning "Malorka"dagi ishi mag'lubiyatlardan keyingi doimiy bahonalar bilan esda qolgan, ammo u ispan klubiga mavsum oldidan bosh murabbiy etib tayinlangan va unda jamoa tuzish uchun vaqt bo'lmagan.

Karpinning "Torpedo"dagi ishi juda bahsli. Klub boshqaruvda inqirozga uchradi va bu jamoa golsiz seriya bilan yodda qoldi.

Valeriy Karpin terma jamoa o'yinini o'zgartirishda katta ishlarni amalga oshirishi mumkin. Futbolchi sifatida u Rossiya terma jamoasining yangi tarixida eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'lgan, murabbiy sifatida u taktik bo'yicha aqlli. Biroq Karpinda ikki salbiy jihat mavjud, unga jamoani va o'yinni shakllantirish uchun ko'p vaqt kerak va u hozirgi vaziyat uchun juda noqulay murabbiy. Karpin hozirgacha terma jamoada ishlamagan. Ushbu tanlov kelajak uchun amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi, buning ustiga terma jamoaga taklif Valeriy Karpin o'zini ko'rsatishi uchun yaxshi imkoniyat. Uni tanlov borasida aniq shartlari yo'q.


Aleksandr Krestinin (Rossiya)


Aleksandr Krestinin rossiyalik sobiq futbolchi. O'z vaqtida himoyachi rolida futbol o'ynagan. Bugungi kunda esa Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Futbolchilik davrida ko'plab jamoalarda o'ynagan. Ulardan biri "Kuban".

Murabbiylik faoliyatini 2010 yilda "Neftchi" (Qo'chqor ota)da boshlagan va ilk mavsumidayoq jamoani o'z tarixidagi ilk chempionligini qo'lga kiritishida muhim rolni o'ynagan. Keyin esa ikki yil davomida Krasnodar o'lkasidagi Rossiya davlat akademiyasida metodik ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

2014 yilda esa Qirg'iziston terma jamoasida ish boshladi. Kresteninning kelishigacha, qo'shnilarimiz FIFA reytingida 201-o'rinni egallab turgandi. Murabbiy qo'l ostida terma jamoa oktyabr oyida 99-o'ringacha ko'tarilishga muvaffaq bo'lgan. Bu terma jamoaning qay darajada o'sishga erishganidan dalolat beradi.

Kresteninning kelguniga qadar, Qirg'iziston terma jamoasi Qozog'iston futbolchilariga 1:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Oradan ikki yil o'tib, Aleksandr qo'l ostidagi qirg'izlar qo'shnilardan revansh olishga muvaffaq bo'ldilar - 2:0.

Terma jamoa JCH saralash bosqichida guruhda Avstraliya va Iordaniyadan so'ng uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ayni paytda terma jamoa 2019 yili BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionatida ishtirok etish uchun kurashni davom ettirmoqda.

Murabbiy qo'l ostidagi eng esda qolarli o'yin sifatida terma jamoaning Avstraliyaga qarshi o'z maydonidagi o'yini (1:2)ni ko'rsatib o'tishimiz mumkin. O'shanda qo'shnilarimiz o'yin borasida avstraliyaliklardan ustun kelgandilar.

Aleksandr Krestinin qisqa vaqt ichida yoshlar bilan kurashuvchan jamoa tuza oldi. U yoshlarga ishonishdan qo'rqmaydi, ularni milliy terma jamoa asosiy tarkibida maydonga tushirib, o'z potenciallarini namoyish etishga imkon bera oladi.

Rossiyalik mutaxassis shuningdek klub rahbarlari va murabbiylariga o'z o'yinchilarini terma jamoaga "tiqib qo'yishlariga" yo'l qo'ymaydi. Uning qo'l ostida faqat o'yin kuni optimal formada bo'lgan futbolchilargina maydonga tushadilar. Futbolchining bungacha qilgan xizmatlariga qahramonimiz boshchiligidagi murabbiylar shtabi etibor qaratib o'tirmaydi.

Kresteninning jamoasini na himoyaviy, na hujumkor jamoa sifatida bilamiz. U qo'l ostidagi futbolchilarning imkoniyatlaridan foydalangan holda o'yin uslubini tuzib chiqadi.

Uning yoshlar bilan ishlashi haqida yana gapiradigan bo'lsak, Aleksandr yoshlar jamoalarining yig'inlarini, ular ishtirokidagi musobaqalarni kuzatib boradi va o'sha erdan milliy terma jamoaga futbolchi chaqirishdan qo'rqmaydi. Aynan uning qo'l ostida Qirg'iziston milliy terma jamoasida 19 yoshli futbolchilar to'p tepa boshlashdi.

To'g'ri, uning nomzodini aynan hozirgi saralash ciklida ko'rib chiqish biroz noto'g'ri bo'lardi. CHunki, uning oldida Qirg'iziston terma jamoasini ilk marotaba Osiyo chempionatiga olib chiqish vazifasi turibdi va buni uddalay olishi ehtimoli katta.

Ushbu murabbiy qo'l ostida o'zbek futbolchilari Osiyo Kubogi-2019da va JCH-2022 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishlariga ishonsa bo'ladi.


Pako Xemes (Ispaniya)


Ispaniyalik murabbiy futboldagi faoliyatini "Kordova" va "Real Mursiya" kabi jamoalarda o'ynashdan boshlagan. Keyin esa "Rayo Valekano" jamoasidagi o'yinlari orqali "Deportivo" skautlari nazariga tushgan. "Depor" safida 5 yil davomidagi muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. Ushbu vaqt ichida u Ispaniya kubogi va superkubogini qo'lga kiritishga ham muvaffaq bo'lgan.

Futbolchilik faoliyatini 2004 yilda, 33 yoshida yakunlagan.

Terma jamoa safida 21 ta o'yin o'tkazgan, ispaniyaliklar bilan Evro-2000 turnirida ishtirok etgan.

Murabbiylik licenziyasi qo'lga kiritilganidan so'ng u Segundaning "Alkala" va "Kartexen" jamoalarini boshqardi. Keyinchalik esa "Las-Palmas"da ishlagan. "Kordova" bilan esa Primeroga chiqish uchun pley-off o'yinlarida ishtirok etgan va o'sha o'yinda qahramonimizdan biroz omad yuz o'girgan.

2012 yilning 22 iyunida esa u "Rayo Valekano" jamoasidan taklif oladi. U jamoani ilk mavsumidayoq Primeroga olib chiqadi va klub tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etadi - 8-o'rin! 2015/16 yilgi mavsumda esa Xemes jamoasi bilan 18-o'rinni qo'lga kiritadi va Primerodan tushib ketishga majbur bo'ladi.

2016 yilning yozida "Granad" bosh murabbiyiga aylanadi va uch oydan so'ng qoniqarsiz natijalar sabab istefoga chiqariladi.

Xemes so'nggi vaqtlarda Evropadagi eng qiziqarli murabbiylardan biri hisoblanadi. Tavakkalchi sifatida nom qozongan. Turli tajribalarni amalga oshirishdan qo'rqmaydi. Uchta himoyachi uslubi bilan o'ynashni yoqtiradi.

Uning futbolchilaridagi jamoaviy xarakter haqida gapiradigan bo'lsak, Xemesning jamoalari qiyin vaziyatlarda ham o'zini yo'qotib qo'ymaydi. Birgina misol sifatida, "Rayo"ning "Santyago Bernabeu"da "Real"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda to'qqiz kishi qolib, vaziyatni o'z tomonlariga og'dira olganliklarini keltirishimiz mumkin.

Karlo Anchelotti "Real"dan ketganidan so'ng Xemes "qirollik klubi"ni boshqarish uchun nomzodlardan biri sifatida ko'rsatilgani ham uning qanday saviyaga ega ekanligini tushunib olish mumkin. 2013/14 yilda esa Primeroda yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun uch kishilik nomzodlar qatoriga kiritilgan.

Agar Pako Xemes O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadigan bo'lsa, terma jamoamizni oldinda juda qiziqarli kelajak kutib turibdi. Ushbu mutaxassis birinchi navbatda ispancha futbol ob-havosini yurtimizga olib kiradi. To'p bilan muomala va texnik xususiyatlarni namoyish etish borasida futbolchilarimiz yaxshigina o'sishga erishishlari tayin.

Xamesning qandaydir alohida taktikasi borasida hozirdan biron nima deyin qiyin. CHunki, u vaziyatga, eng muhimi sharoitga qarab o'yin sxemasini yarata oladi. Faqat bir masala... Ispaniyalik murabbiy ayni paytda terma jamoada ishlashga rozi bo'larmikin?


Serxio Gonsales (Ispaniya):


Ispaniyalik futbolchilik faoliyatini "Ospalitet"ning yoshlar jamoasida boshlagan, 1994/95 mavsumda uni "Espanol" o'z safiga qo'shib oladi va u 1998 yilda klubning asosiy jamoasida debyut qiladi. Gonsales Kataloniya jamoasida 107 ta uchrashuv o'tkazib, 10 ta gol urishga muvaffaq bo'ladi va Ispaniya Kubogini qo'lga kiritadi. "Espanol"da o'tkazgan 3 yilidan so'ng "Deportivo" bilan shartnoma imzolaydi va 9 yil ichida ushbu jamoa safida 294 marotaba maydonga tushib, 28 ta golga mualliflik qiladi. U "Deportivo" bilan Ispaniya Kubogi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritadi. "Levante" Serxio Gonsalesning futbolchilik faoliyatidagi so'nggi klubi bo'ladi. 2010/2011 mavsum yakunlanganidan so'ng, klub u bilan kelishuvni uzaytirmadi. Ikki yil o'tib u butsasini mixga iladi.

2013/2014 mavsumda Serxio Gonsales "Espanol B" jamoasi bosh murabbiyiga yordamchilik qila boshladi, ikkinchi davrada bosh murabbiyga aylandi, keyinroq Kataloniyada 2015 yilning eng yaxshi murabbiy deb topildi. Gonsales 2014/2015 mavsum boshida "Espanol" bosh murabbiy etib tayinlandi. U bosh jamoa bilan 1,5 yil ishladi va jamoa turnir jadvalining ekvatorida bo'lishiga qaramasdan, istefoga chiqarildi.

Serxio Gonsales "Espanol" bosh murabbiyiga aylanganidan so'ng, iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan yosh jamoa tashkil qilishni boshladi. U klubga kelganidan so'ng jamoani Simau Sambroza tark etdi, David Lops "Napoli"ga sotib yuborildi, shu bilan birga bazi futbolchilar o'yinida pasayish kuzatildi. Muammoli jamoani qabul qilgan Gonsales, yoshlarga ishonch bildira boshladi. Uning qo'l ostida Kiko Kasilya va Lukas Vaskeslar o'ynab ketdi va tez orada "Real" ularni xarid qildi. Alvaro Gonsales Ispaniyaning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri deb hisoblay boshlashdi.

"Espanol" ikki hujumchidan foydalanadigan Ispaniyaning yagona jamoasiga aylandi. Stuani va Kaysedo hujumlarni yakunlovchi rolida harakat qilishdi. Felipe Gonsales qo'l ostida mavsum davomida 10 tadan ko'p gol urishga erishdi. Veteran Serxio Garsiya esa 2014/2015 mavsumda 10 ta gol urib, 9 ta golga assistentlik qildi. Taktik sxema borasidagi tavakkal ijobiy natija bera boshladi.

Murabbiyning muvaffaqiyatlardagi hissasiga past baho berib bo'lmaydi. Serxio raqibga qarab hujumchilarni to'g'ri tanlay oldi. Hujumni yakunlash kerak bo'lganda Kaysedo paydo bo'ldi, ayyorlik va improvizaciya ishlatadigan joyda Serxio Garsiya o'zini ko'rsatdi. Qanotdan bosim lozim bo'lganida esa murabbiy Kristian Stuanini ishga soldi. Serxio Gonsales futbolchi bo'lganida undan qochib ketish qiyin bo'lgan va u murabbiylik qilgan jamoa ham huddi shu uslubda o'ynadi. Ammo bu jamoani "Atletiko" kabi qonxo'rlar va uchrashuvni to'liq tarkibda yakunlay olmaydiganlar deb bo'lmasdi. Ular shunchaki raqibga jiddiy qarshilik qilib, har qanday klubga etarli darajada muammo tug'dirardi.

Serxio Gonsales boshqargan "Espanol" so'nggi daqiqalarda raqibni izdan chiqara olardi. Jamoa 81-daqiqadan 90-daqiqagacha 10 marotaba gol urishga muvaffaq bo'lishgan va bu ko'rsatkich bo'yicha faqat "Real", "Barselona", "Lion" hamda "Portu"dan ortda qolishgan. Kataloniyaliklar uchrashuv yakunlanishini bildiradigan xushtak chalgunicha jonini berib o'ynashar edi.

SHunga qaramay klub rahbariyati va murabbiy kelisha olmay qolishdi va 2015 yilning qish faslida Serxio Gonsales bosh murabbiylik vazifasini tark etdi. Klub turnir jadvali o'rtasida edi, ammo jamoaning teng raqiblar bilan barqaror bo'lmagan o'yini rahbariyatni qoniqtirmadi.

Serxio Gonsales LaLigadagi 1,5 yillik ishi davomida kuchli, yosh jamoa tuzib, yaxshi taassurot qoldira oldi.

Ayni damda ispaniyalik mutaxassis hech qaerda ishlamayapti va uni milliy jamoaga chaqirish Serxio Gonsales uchun o'zini ko'rsatishga yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin. Uning terma jamoaga kelishiga turlicha qarash mumkin. U ikkinchi jamoa bo'lib o'ynashni biladi va o'yin uslubi ispan futbol maktabi tomonga og'ishi mumkin.


Viktor Skripnik (Ukraina)


Terma jamoamizga bosh murabbiy bo'lishi mumkin bo'lgan nomzodlar ichida Viktor Skripnikni alohida takidlagan bo'lardim. Nega Skripnik?

Futbolchilik davrida chap qanot himoyasida o'ynagan Skripnik faoliyatining ko'p qismini Germaniya, aniqrog'i "Verder" klubida o'tkazgan. Undan avval "Metallurg", "Dnepr" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. 1996 yildan boshlab Bremendan qo'nim topgan Skripnik mana 20 yildirki "Verder"da o'ynadi va murabbiy sifatida ishladi.

Skripnik "Verder"ni roppa-rossa 2 yil davomida boshqardi  va joriy yilning 18 sentyabr kuni istefoga chiqarildi.

Viktor Skripnik endigina 46 yoshni qarshiladi. Yosh, kelajagi porloq mutaxassisning futbol g'oyalari, bilimlari bizning terma jamoa uchun ayni muddao bo'lishi mumkin. Skripnik bolalar futbolida ishlagan, ishlab ham Germaniyada tajriba to'plagan kuchli mutaxassis sifatida qaralmoqda. Futbolchilik, murabbiylik davrini asosiy qismini Germaniyada o'tkazgan ushbu mutaxassisning temir intizomi, futbolga bo'lgan qarashi ancha zamonaviy va samarali. Yoshlar bilan ishlashni qoyillatadi.

Viktor Skripnik qo'l ostida "Verder" o'rtacha natija ko'rsatgan va o'yin tashkil etishda bremenliklar ancha sermahsul harakat qilishgan.

"Verder" oxirgi ikki mavsumni ancha tajovuzkor o'yin ko'rsatgani bu Skripnikning xizmatlari hisoblanadi. Skripnik qo'l ostida "Verder" Bundesligada faqatgina beshta jamoadan kam gol kiritgan. Yani, demoqchi bo'lganim Skripnik hujumkor futbol o'ynashni xush ko'radigan murabbiy. Uning o'yin uslubi hujumkor futbolga asoslangan.

Viktor Skripnik o'z boshqaruvidagi jamoalarni asosan 4-4-2 sxemasi asosida o'ynatadi. To'rtta himoyachi, bir tayanch yarim himoyachi, ikkita vinger va markaziy yarim himoyachi. Skripnik oldingi chiziqda ikkita hujumchi bilan o'ynashni xush ko'radi.

SHuningdek, Skripnik 4-4-2 sxemasidan romb shaklida ham foydalanadi. Bu sxemada Skripnik vingerlardan voz kechadi va tayanch hududida bitta yarim himoyachi, markazdan ikkita yarim himoyachi, chaproq va o'ngroqdan joy oladi. Hujumchi ortida bitta futbolchi va hujumda esa ikkita futbolchi to'p suradi.

Skripnikning oxirgi foydalangan va samara bermagan sxemasi sal boshqacharoq. Skripnik uchun muvaffaqiyatli boshlanmagan mavsumni ukrainalik mutaxassis 4-2-3-1 sxemasida o'tkazdi. Bu sxemada Skripnik o'rtada ikkita tayanch yarim himoyachidan foydalandi. O'ng va chap qanotda ikkita vinger hamda hujumchi ortida bir futbolchi va bir nafar markaziy hujumchi. 

Germaniyaning mashhur "TRANSFERMARKT" nashri bejizga Skripnikni 2014/2015 yilgi mavsumda eng yaxshi  murabbiyi deb topmagan.

Ushbu mutaxassis O'zbekistonda ishlagan taqdirda, yana bir muhim jihatlardan biri, bu til muammosi ham bartaraf etilgan bo'ladi. Yani, garchi xorijlik bo'lsada, Skripnik katta ehtimol bilan rus tilida muammosiz so'zlasha oladi.

Biz ko'p gapiramiz, bizga kuchli xorijiy murabbiy kerak deb. To'g'risini tan olish lozim, evropaning top-5 chempionatlarida ishlaydigan kuchli murabbiylarning aksariyati osiyoda, xususan bizda ishlashga rozi bo'lishmaydi. Rozi bo'ladiganlarning ko'pchili esa juda katta maosh so'rashlari tabiiy. Viktor Skripnik esa ukrainalik va muhimi futbol sir-asrorlarini Germaniyada uzlashtirgan. Murabbiy sifatida ham to'liq Germaniya futbol maktabida tahsil olgan. Bu kabi boy imkoniyat va bilimlarga ega, yosh istedodli hamda kelajagi porloq mutaxassisni qo'ldan chiqarmasak yaxshi bo'lardi. Skripnik bizga har taraflama mos tushadigan va zarur bo'lgan sifatlarga ega kam sonli murabbiylardan biri, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ayni paytda Skripnik ishsiz va hozirda erkin agent sanaladi.

Xop, Skripnik bizga maqul keldi ham deylik. Endi Skripnik taklifga qanday javob berishi mumkin. Aniqrog'i, nega bizning taklif uni qiziqtirib qo'yishi mumkin?

Birinchi navbatda Skripnik jamoasiz va unga terma jamoadan tushadigan har bir taklif ancha qiziqarli bo'lib ko'rinishi mumkin. Ikkinchi taraflama, O'zbekiston terma jamoasi Rossiyada bo'lib o'tadigan mundial chiptasi uchun kurashmoqda va bu Skripnik o'zini murabbiy sifatida ko'rsatishi uchun yaxshigina chorlov bo'ladi. Terma jamoamizning hozirgi holati biroz qiyin, ammo echib bo'lmaydigan masala emas. Agarda Skripnik taklifni qabul qilsa va vazifani uddalaydigan bo'lsa, unda bu nafaqat biz uchun, balki ukrainalik mutaxassis uchun ham katta yutuq hisoblanadi.


Marat Aksanov, SHahboz Beg'amov


Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика