O'zbekiston terma jamoasi Dubaydagi dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi. SHukurov yig'inda qatnashmaydi
10 noy 2020 22:11
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi Dubaydagi dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi. SHukurov yig'inda qatnashmaydi
MTJ delegaciyaning har bir azosi Dubay xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirdi va test natijalari chiqquniga qadar ular mehmonxonada “o'zini yakkalash” rejimida bo'lib turdi.
Tahlil natijalariga ko'ra hech kimda koronavirus infekciyasi aniqlanmadi va jamoa mashg'ulotlariga ruxsat berildi. Milliy jamoamiz bugungi mashg'ulotlarni “Iranian Club” sport kompleksi maydonida o'tkazdi.
MTJga chaqiruv olgan Otabek SHukurov “SHarja” jamoasining mahalliy chempionatdagi “Al Jazira”ga qarshi o'yinida olgan jarohati sabab mazkur yig'inni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 noyabr kuni “SHarja" stadionida Suriya vakillari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Mazkur bahs O'zbekiston vaqti bilan 20.00 da start oladi.
Fikrlar