So’nggi yangiliklar

08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  3 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  0 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  2 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  14 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  10 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  24 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104

Srechko Katanec Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuvdan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Srechko Katanec Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuvdan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Eldo SHomurodov Qirg'iz Respublikasiga (2:3) qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Futbolchilarim namoyish etgan o'yindan qoniqdim va muhimi biz g'alaba qozondik. Bunday "syurpriz" gollarni o'tkazib yuborishimiz yaxshi emas, bunday gollar raqib jamoaga sovg'a bo'ladi. To'g'ri, biz birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik, ammo darhol javob qaytara oldik. Ayniqsa, SHomurodov o'z goli bilan juda tez javob qaytardi. G'alabaga loyiq edik deb o'ylayman. Dastlabki ikki uchrashuvda maksimal natija qayd etdik va keyingi uchrashuvlarni katta ishtiyoq bilan kutmoqdamiz" - deya fikr bildirdi Srechko Katanec


Eldor SHomurodov

"Birinchi navbatda asosiy vazifamizni bajardik va uch ochkoni qo'lga kiritdik. Keraksiz gollarni o'tkazib yubordik, lekin o'yinga tez qayta oldik. Hali o'yinlar ko'p va xursand bo'lishga hali erta. Birinchi bo'limdan so'ng yigitlar gaplashib oldik va etiborliroq bo'lishga kelishib oldik. Ikkinchi bo'limda esa hisobda oldinga chiqib oldik. Jahon chempionatiga chiqish uchun maksimal harakat qilamiz" - deya javob berdi Eldor SHomurodov bugungi uchrashuv haqidagi savolga

- Ko'p muhokamalarga sabab bo'lgan maydon holati qanday ekan?

- Maydon holati juda yomon emas ekan. Biz bundan yomonroq maydonlarda ham o'ynaganmiz. Ikki jamoa ham bugun bir xil maydonda o'ynadi. Maydon ko'pchilik aytganidek yomon emas edi.

- Bugungi uchrashuvda futbolchilar bir-birini yaxshi tushuna olmagandek hissiyot uyg'ondi, ayniqsa birinchi bo'limda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Ushbu holat haqida gapirib o'tsangiz?

- Menimcha, biz etiborliroq bo'la olmadik. O'yindan oldin qiyin bo'lishini bilardik. Raqib o'z uyida o'ynayotgani sababli, kuchli ishtiyoqqa ega edi. Birinchi bo'limda gol o'tkazib yubordik ham, muhimi o'yinga qayta oldik va yakunda g'alaba qozondik.




Srechko Katanec

- Qirg'iziston terma jamoasi bugun yaxshi o'yin namoyish etdi, ammo jamoangiz tezda javob bera oldi. Qirg'iziston terma jamoasidan bunday kurashuvchan o'yin kutganmidingiz?

- O'yin avvalida keraksiz xatolarga yo'l qo'ydik. Bunga nima sabab bo'lganini bilmadim, balki maydon holatidir yoki boshqa bir sabab. Bugun raqibga ko'p marotaba "sovg'a" ulashdik, keraksiz vaziyatlarda oddiy xatolarga yo'l qo'ydik. Bu bosqichda xatolarga yo'l qo'yishga haqqimiz yo'q. Koncentraciyani yo'qotganimiz asosiy muammo bo'ldi. Etiborli bo'lmasak, har qanday jamoa bizni jazolab qo'yishi mumkin.


Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика