So’nggi yangiliklar

03:07АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да минимал ҳисобда ғалаба қозонди  2 02:26"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламайди. Туринликларга МЮ форварди қизиқ эмас  0 00:40Роналду: "Агар "Манчестер Юнайтед" хўжайини бўлсам, ҳаммасини тўғирлайман"  3 23:42Роналду Саудия Арабистони чемпионатини Францияникидан кучли деб атади: "Лига 1да фақат ПСЖ бор, қолганлар ҳеч нарса эмас"  18 23:00Беллингем Globe Soccer Awards томонидан йил хавбеки деб топилди  1 22:38Роналду барча даврларнинг энг яхши тўпурари сифатида Globe Soccer Awards мукофотини қўлга киритди  7 22:32Globe Soccer Awards. Винисиус йилнинг энг яхши футболчиси  1 22:27Ямал Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши ёш ўйинчисига бериладиган мукофотни олди  0 22:17Араб Кўрфази кубоги. ЖЧ саралашидаги рақибларимиз бўлмиш Қатар ва БАА гуруҳ босқичида қолиб кетишди  2 21:48Эрон Про лигаси. "Персеполис" иродали тарзда ғалабага эришди, Ўруновдан ассист  1 21:36Роналду Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчисига бериладиган Globe Soccer Awards мукофотини олди  17 21:05"Реал" "Ливерпуль"ни расман огоҳ этди  8 20:34Феликс Туркияга йўл олиши мумкин?  0 20:04Аморим: "МЮ мураббийи ҳеч қачон ўзини хавфсиз ҳис қила олмайди"  1 19:37Расман: "Насаф"дан илк "юриш", Умарбек Эшмуродов қайтди  14

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Gonkong ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?(to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Gonkong ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?(to'liq matbuot anjumani)

JCH-2026 saralashi Gonkonga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin Srechko Katanec va Eldor SHomurodov matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- O'yin haqidagi fikrlaringiz

- Birinchi navbatda jamoamni g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Bugun yaxshi o'yin namoyish etdik va ajoyib ish bajardik. Uchrashuvda ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Birinchi bo'limning o'zidayoq uchta gol urib, masalani hal etishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa raqib darvozasi yaqinida agressivroq o'ynashni boshladik va ikkita gol urdik. SHu bilan o'yin masalasi hal etildi. Bugungi natijadan ko'nglim to'ldi.

Eldor SHomurodov

- Bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi bo'lim avvalida tezkor gol urib, uchrashuvda hisobni ochdingiz. Siz urgan gol bugungi uchrashuvda qanchalik burilish yasay oldi?

- Ikki taymda ham o'yinni to'liq nazorat qildik. Lekin gol ura olmadik. Biz avvaldan ishonch bor edi va 3 ochko bilan qaytishimizga ishongan edim.

- Janob Katanec, bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Eldor SHomurodov jarohatidan forig' bo'lib maydonga qaytdi va bugun gol urdi. Eldor jarohati sababli Osiyo kubogini o'tkazib yuborgandi. "Kalyari" hujumchisi jarohatdan qaytgani jamoangizga qanday tasir o'tkazdi? SHomurodov va SHomurodovsiz jamoa orasida qanchalik katta farq bor?

- Osiyo kubogidan avval ham ushbu gapni ko'p marotaba aytganman. Eldor men uchun eng muhim o'yinchi. SHomurodov terma jamoada tarixidagi eng yaxshi to'purar. U hujumda juda xavfli va to'pni o'zi bilan yaxshi ushlab tura oladi. Afsuski, Osiyo kubogida Eldorsiz o'ynadik. Biroq u vaqt o'tib ketdi va tarixga aylandi. Oldindagi o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak.

- Gonkonga qarshi kechgan bugungi uchrashuvda eng qiyinchilik tug'dirgan jihat nima bo'ldi?

- To'g'risini aytsam, raqibimizning boshqa jamoalarga qarshi kechgan o'yinini tomosha qilmadim. Biz Gonkongdan kuchliroq terma jamoamiz va buni tan olish kerak. Lekin o'yin vaqti gol urmasangiz hisob 0:0 bo'lib qolaveradi va raqib sizni jazolashi mumkin. Raqibimiz mezbon sifatida o'ynayotgani uchun ularda ustunlik bor edi, muxlislarning qo'llab quvvatlashi ko'rdingizlar. Bu esa mening jamoamga ruhiy tomonlama bosim o'tkazishi mumkin edi. Bunday o'yinlarda yutqazib qo'yish hech gap emas. Siz vaziyatlar yaratasiz, ammo raqib gol urib ketadi. Murabbiylik tajribamda bunday uchrashuvlar ko'p bo'lgan. Bunday uchrashuvlarda hatto autlar ham juda katta ahamiyatga ega. Bizning tarkibda esa boyi baland futbolchilar ko'p emas va ikkinchi qavatda kurash olib borish qiyin. Bugun esa biz ushbu vazifani uddaladik.

Eldor SHomurodov

- Bugun birinchi bo'limda gol ura olmadingizlar va bu sizlarga qanchalik xalal berdi. Gol urilmagani sababli futbolchilar xavotirga tushishi mumkin edi?

- Futbol 90 daqiqa o'ynaladi. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashdik va g'alaba qozonishimiz kerakligini aytdim. Biz o'z kuchimizga ishondik va tanaffusdan so'ng raqib darvozasini ishg'ol etdik.

- Gonkong terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirokiga qanday baho berasiz?

- Bu savolga javob berish qiyin. Sababi, Osiyo kubogidan oldin terma jamoa uzoq vaqtli yig'in o'tkazishadi. Gonkong terma jamoasining ishtirokini yaxshi baholayman. Ayniqsa, Eronga qarshi uchrashuvda juda yaxshi in namoyish etishdi va kamida 2-3ta golli vaziyat yaratishdi. Bugun esa ular bitta yaqqol golli vaziyat yaratishganini eslay olmayman. Bu bizning yaxshi tayyorgarlik ko'rganimizdan dalolat. Osiyo kubogida "Ajdarxo"lar hujumda ancha yorqinroq o'ynashgan edi.

- Bugungi g'alabadan so'ng guruhda peshqadam bo'lib oldingizlar. Saralash bosqichining keyingi uchrashuvlari haqida nima deya olasiz?

- Har bir uchrashuv biz uchun juda muhim. Bugungi uch ochko ham katta yutuq. Keyingi uchrashuvda ham shunday o'yin namoyish etishimiz kerak.

Eldor SHomurodov

- Saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvni mehmonda Turkmanistonga qarshi o'tkazdik. Turkmanistondagi maydon holati juda yomon edi. Turkmaniston terma jamoasida o'z o'yinlarini boshqa stadionda o'tkazadi, ammo bizga uchrashuvda ular aynan yomon holatdagi stadionni tanlashdi. Gonkong ham bugun shunday yo'l tutdi. Aslida Gonkong terma jamoasi boshqa stadionda o'ynaydi. Men OFKga murojaat qilmoqchiman, jahon chempionati saralash o'yinlarini bunday stadionda o'tkazish noto'g'ri. Sportchilar jarohat olishi mumkin. Bunday maydonlar talabga javob bermaydi.

Srechko Katanec

- Bugungi maydon o'lchami kichkina edi. Maydon 4 metrga kichkinaroq edi. Qoidalarni hamma uchun ishlashi kerak. Biz kichik maydonda o'ynashga majbur bo'ldik.


Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика