So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

O'zbekiston terma jamoasi BAAga uchib ketdi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi BAAga uchib ketdi

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda.

SHu sababli, Milliy jamoamiz uchun 9-18 noyabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi. Ushbu yig'in doirasida Suriya hamda Iroq terma jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yini rejalashtirilgan.

6 noyabr kuni terma jamoamiz vakillari Toshkentda yig'ildi va mashg'ulotlarga kirishdi. Bugun, 9 noyabr kuni tongda O'zbekiston MTJ delegaciyasi Toshkent-Dubay havo reysi orqali BAAga yo'l oldi.

Milliy jamoamiz 12 noyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi esa 17 noyabr kuni Iroq vakillariga qarshi o'tkaziladi.


Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Qo'qon-1912"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv").

Himoyachilar: Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Rustamjon Ashurmatov ("Kvandju", Janubiy Koreya), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohimhalil Yuldashev ("Bunyodkor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Murod Holmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farrux Sayfiev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), Jamshid Iskanderov ("Seongnam", Janubiy Koreya), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Azizjon G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA).

Hujumchilar: SHahzod Ubaydullaev ("Metallurg"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv").


P.S. BAA chempionatida faoliyat olib borayotgan Aziz G'aniev va Otabek SHukurov MTJning Dubaydagi mashg'ulotlarida qo'shiladi.


Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика