So’nggi yangiliklar

10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  1 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  11 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1

O'zbekiston Superligasi. "Paxtakor" 4 yildan so'ng Andijonda g'alaba qozondi Yangiliklar

O'zbekiston Superligasi. "Paxtakor" 4 yildan so'ng Andijonda g'alaba qozondi

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Andijon" – "Paxtakor" - 1:3  
2 iyun 2024 yil. Andijon, "Bobur Arena". 19:00
Hakamlar:
SHavkat Nasibullaev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Umid Rahimjonov.
VAR: Rahimbek Karimov
AVAR: Maksim Nechoxin
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: SHerzod Rajabov.

Gollar: Muhammadali Usmonov 4, - 0:1 (Behruzbek Asqarov). Dostonbek Hamdamov 30, - 0:2 (Dragan CHeran). Vladimir Bubanya 54, - 1:2 (Bektemir Abdumannonov). Dragan CHeran 88, - 1:3 (Dostonbek Hamdamov).

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G'ulomov, 7.SHerzod Esanov (31.Demir Imeri, 79), 8.Farhodbek Bekmuratov, 10.Ilhom Abdig'aniev (9.Levan Arveladze, 79), 13.Sardorbek Azimov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhod Sohibjonov (66.Ilhomjon Alijonov, 79), 28.Islom Mamatkazin, 51.Luka Zgurskiy, 71.Bektemir Abdumannonov.
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 11.Sunnatilla Abdullajonov, 19.Suhrob Berdiev, 21.Ildar Mamatkazin, 77.Rustam Turdimurodov, 94.Armin Boshnyak.

"Paxtakor": 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Diyor Holmatov, 10.Dragan CHeran, 15.Diyorbek Ortiqboev (18.Saidumarxon Saidnurullaev, 80), 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Umar Adhamzoda (19.Sunnatilla Poyonov, 90+3), 31.Muhammadali Usmonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 20.Dilshod Abdullaev, 24.Kirill Todorov, 29.Muhriddin Pazlidinov, 99.Abbos Ergashboev.

Ogohlantirishlar: Muhammadrasul Abdumajidov 53.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+7. O'yin tugadi, "Andijon" - "Paxtakor" 1:3

90+3. O'zgarish. "Paxtakor". Adhamzoda o'rniga Poyonov tushdi

90+2. ZARBAAA! Pavel Pavlyuchenko hozir "Paxtakor"ni muqarrar goldan qutqardi! 

90. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shildi

88. GOL! Dragan CHeran! Hamdamov Bubanyadan to'pni olib qo'ydi va jarima maydoni ichiga kirib to'pni CHeranga uzatdi, Dragan bo'sh darvozani ishg'ol qildi - 1:3

84. ZARBA! Bektemir Abdumannonovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin Pavlyuchenko o'z o'rnida

80. O'zgarish. "Paxtakor". Ortiqboev o'rniga Saidnurullaev tushdi 

79. O'zgarishlar. "Andijon". Abdig'aniev, Sohibjonov va Esanov o'rniga Imeri, Alijonov va Arveladze tushdi

77. "Andijon"da jarima to'pi, Bektemir Abdumannonovning uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi

76. ZARBA! Adhamzodaning kuchli zarbasi noaniq ketdi

63. Yo'q, VAR bu vaziyatdan oldin o'yindan tashqari holat borligini qayd etdi va penalti bekor qilindi 

61. Penalti! Bosh hakam "Paxtakor" darvozasiga penalti belgiladi, Azmiddinov Abdumannonovni yiqitdi,

57. Hisob qisqargach, "Andijon" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda

54. GOL! Vladimir Bubanya. Bektemir Abdumannonov jarimadan uzatgan to'pini Bubanya boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:2. 

53. Ogohlantirish. "Paxtakor". Muhammadrasul Abdumajidov

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Andijon". Zgurskiy o'rniga Turdimurodov tushdi


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:2

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

40. Zarba! Abdug'anievning zarbasi noaniq chiqdi

33. ZARBA! Umar Adhamzodaning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

30. GOL! Dostonbek Hamdamov. Dragan CHeranning to'p uzatishidan keyin Hamdamov birga bir vaziyatda gol urdi - 0:2. 

28. UXXX! "Andijon"dan xavfli hujum, Bektemir Abdumannonovning reydi noaniq zarba bilan tugadi! 

24. ZARBA! Abdug'anievning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin, Pavlyuchenko to'pni ushlab oldi

13. UXXX! Yana chap qanotdan Asqarov oldinga o'tdi va jarima maydoniga to'p uzatdi, CHeranning zarbasidan keyin Litovka seyv qildi

9. ZARBA! Ilhom Abdug'anievning zarbasidan keyin mezbonlar burchak to'piga ega bo'lishdi.

4. GOL! Muhammadali Usmonov hisobni ochdi. CHap qanotdan Behruz Asqarov uzatgan to'pni o'ng qanotdagi Usmonov darvozaga yo'lladi - 0:1

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика