O'zbekiston Superkubogidan oldin stadionda Lola va Shaxzoda qo'shiq kuylaydi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2019, 11:47
Bugun O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini bo'lib o'tadi.

Bellashuv poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida o'tadi va 16:00 da start oladi. Bugungi bahs “Sport” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi.

O'yin boshlanishidan oldin va tanaffus vaqtida yurtimizning el suygan sanatkorlari ishtirokida koncert dasturi va turli tadbirlar tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Jumladan, estradamiz yorqin yulduzlari – G'ayrat Usmonov, Sanjar Holiqov, Otabek Mutalxo'jaev, Jasur Umirov, “Benom” guruhi, “Afruz” guruhi hamda Lola va Shahzoda ishtirokidagi o'yinoldi koncert soat 14:30dan boshlab stadionga tashrif buyuruvchi muxlislar e'tiboriga havola etiladi.

Yana bir quvonarli jihat shundaki, ishqibozlar Superkubok o'yiniga bepul tarzda kirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. O'yin uchun chiqariladigan chiptalar taklifnoma tarzida “Paxtakor” stadioni kassalarida muxlislarga bepul tarzda taqdim etiladi.

Ta'kidlab o'tamiz, O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi Turkiyaning KOC  Elektrik  AS  kompaniyasi bosh homiyligi ostida kechadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz