O'zbekiston Superkubogi. Ertaga o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi
15 fev 2016 12:45
Yangiliklar


O'zbekiston Superkubogi. Ertaga o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi
17 fevral kuni "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tadi.
SHu munosabat bilan ertaga, 16 fevral kuni O'FF matbuot anjumanlar zalida ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. 9:30da boshlanadigan tadbirda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va "Paxtakor" bosh murabbiyi No'mon Hasanov jurnalistlar savollariga javob berishadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin 17 fevral kuni "Bunyodkor" stadionida soat 15:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar