So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  2 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  3 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   10 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   5 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  13 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  30 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

O'zbekiston Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'ldi

Osiyo o'yinlarining 1/8 finali doirasidagi O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
 
                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH


O'yin tugadi! Saudiya Arabistoni keyingi bosqichga yo'l oldi!

90+4.
Gol! Abdulaziz Al Bishi.

90+4.
Darvozamiz tomon xavfli nuqtadan jarima zarbasi belgilandi.

90+4.
Saudiyaliklarning hujumi samarasiz yakunlandi. Eldor Suyunov to'pni erkin zarba bilan o'yinga kiritib berdi.

90+3.
To'p raqiblarda.

90+2. O'yin ancha asabiy kechmoqda. Har qanday xato qimmatga tushishi mumkin.

90.  Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


90. Igor Sergeev o'rniga Navro'z Alimov tushirildi.

89.
Sardor Rashidovning jarimadan bergan zarbasi noaniq ketdi.

88.
Davron Hoshimovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasi tepamiz.

87. Xavfli vaziyat!!!!!! Vohid SHodiev ochiq darvozaga to'pni to'g'irlab qo'ya olmadi. Unga biroz tezlik etishmadi bu vaziyatda.


86. Xavfli vaziyat! Saudiyaliklarning hujumini Hoshimov bartaraf etib qolmoqda! Barakalla!

85.
Kozakning zarbasi va raqib posboni o'z o'rnida.

84.
Jarima maydonchamiz ichida tushunmovchilik yuzaga keldi. Uzoq davom etgan hujumni qiyinchilik bilan bartaraf etdik. Suyunov bu vaziyatda to'pni egallab oldi.

83.
Maydon markazida qoida buzildi. KRimec bu vaziyatda nohaq de topildi.

81.
Davron Hoshimov oldinga o'tib ketayotgan raqib futbolchisidan to'pni olib qo'ydi.

80.
O'yin biroz tinchlandi. Jamoalar ehtiyotkorlik bilan o'ynashmoqda.

78.
Fozil Musaev maydon markazida qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

77.
Abdulloh Al Hafis qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. Jarima zarbasi tepdik. Biroq bu vaziyatdan foydalana olmadik.

76.
Saudiya Arabistoni ham oldinga bordi. Saudiya Arabistoni yaxshi vaziyatga chiqib borayotgan bir paytda Krimec ishonchli  harakat qildi va xavfni bartaraf etdi.

74.
Vakillarimiz raqibni o'z jarima maydonchasi ichiga "qamab" qo'yishmoqda. Lekin qarshi hujumlarda ehtiyotkorlikni yo'qotmaslik kerak.

73. Davron Hoshimov ogohlantirildi.


72. Ajoyib imkoniyat! Sardor Rashidov!!!!!!!!!! Raqib posbonini aldab o'tdi va bo' qolgan darvoza tomon zarbaberdi. Ammo Saudiya Arabistoni himoyachisi so'nggi soniyada to'pga etib keldi va jamoasini goldan saqlab qoldi.

70. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! VOHID SHODIEV! CHiroyli tashkil etilgan hujumni Vohid SHodiev gol bilan yakunladi. Sergeevning jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'pini SHodiev boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 2:2!

69. O'zgarish.
Muhammad Al Fatil o'rniga Abdulkarim Al Qahtoni tushdi.

68.
Davron Hoshimovning qanotdan jarima maydonchasi tomon etkazib bergan to'pni kutilmaganda darvoza to'siniga tegib qaytdi. Hisob tenglashishi mumkin edi.

67.
Raqib posboni Abdulloh Al Arraf to'pni o'yinga kiritish vaqtini cho'zdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

66.
Davron Hoshimovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

65. O'zgarish.
Davron Hoshimov Bobur Yo'ldoshev o'rniga maydonga tushdi.

64.
Vladimir Kozakning zarbasiga aniqlik etishmadi.

63. To'p nazorati:
65% - 35% vakillarimiz foydasiga. Lekin tablodagi hisob aksincha. Vaziyatni tezroq o'nglash kerak.

62.
Ketma-ket ikkinchi burchak to'pini amalga oshirdik. Lekin bundan naf chiqmadi.

61.
Raid Al Gamdi bugun raqiblar safida eng faol futbolchi bo'lib turibdi.

60.
Bugun himoyachilarimiz negadir o'zlariga o'xshashmayapti. Oddiy vaziyatlarda shoshib qolishmoqda.

58.
Vakillarimiz vaziyatni o'nglash maqsadida oldinga borishga intilishmoqda.

56.
Saudiya Arabistoni tarkibida o'zgarish. Majid Kanabah o'rniga Abdulloh Otaev tushdi.

55.
Jarima maydonchamizga etkazib berilgan to'pni Bobur Yo'ldoshev bemalol uzoqroqqa tepib yuborishi mumkin edi. Oldida raqib futbolchisi yo'q edi. Ammo negadir himoyachimiz oddiy vaziyatda shoshib qoldi va birinchisi kabi ikkinchi golni ham himoyachimiz raqiblarga sovg'a qildi.

54. Gol! Bobur Yo'ldoshev yosh bolalardek to'pni o'z darvozamizga kiritib qo'ydi, 1:2.

53.
Himoyachilarimiz jarima maydonchamiz oldida yuzaga kelayotgan xavfni bartaraf etishdi va hujumga o'tishdi. Ammo Sardor Rashidov to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi.

52.
Salim Mustafoev endi raqib futbolchisini  qoidaga zid ravishda to'xtatib qoldi.

51.
Abdulloh Al SHameh qo'polligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

50.
Salim Mustafoevning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pi raqib futbolchisiga borib tushdi.

48.
O'zbekiston hujumda. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujumni raqib himoyachisi bartaraf etishni uddasidan chiqdi. To'p yana vakillarimizda.

47.
Stadionga tashrif buyurgan hamyurtlarimiz vakillarimizni faollik bilan ko'llab-quvvatlashmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Olg'a O'zbekiston!


- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JAMSHID ISKANDAROVVVVVVVVVVVVV!!!!!! Jama chamasi 22 metrlardan kuchli zarba yo'lladi va hisobni tenglashtirdi. Bu vaziyatda raqib posboni hech narsa qila olmadi.

45.
Hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

44.
Raqibning navbatdagi qarshi hujumini bartaraf etdik. Lekin hujumda hozircha ishlarimiz yurishmayapti.

42.
Saudiya Arabistoni 10 kishi bo'lib himoyalanmoqda.

41.
Vohid SHodiev jarima maydonchasi ichiga kirib yiqildi. Balki yiqitildi. Lekin hakam bu vaziyatda jim turishni afzal bildi.

40.
O'yin biroz maydon markaziga ko'chgandek. Vakillarimiz yana oldinga intilishmoqda. Tanaffusgacha gol kiritish kerak!

38.
Standart vaziyatidan naf chiqara olmadik. Raqib esa tezkor qarshi hujum uyushtirdi. To'rt futbolchiga ikki himoyachimiz qoldi. Biroq raqib futbolchisining darvoza tomon tepgan zarbasini posbonimiz qaytarishga erishdi.

37.
Burchak to'pi tepamiz. Bobur Yo'ldoshevning faolligi evaziga navbatdagi standart vaziyatiga ega bo'ldik.

36.
Igor Sergeev darvozaga bosh bilan zarba berish chog'ida raqib posboniga urilib ketdi. Bu vaziyat esa Abdulloh Al Arraf "yoqib" tushdi. Abdulloh Al Arraf bir necha daqiqa maydonda yotdi va shifokorlar yordamidan voz kechmadi. Vaqt esa o'tib bormoqda.

35.
Saudiya Arabistonining qarshi hujumi. Raqib hujumchisi katta tezlikda darvozamiz tomon borayotgan bir vaziyatda Suyunov to'pga chiqib keldi va xavfni bartaraf etishga erishdi.

34.
Eldor Suyunov Manuel Noyerdek maydon markaziga chiqib o'ynamoqda. Raqiblar butun jamoa bo'lib himoyalanishmoqda.

32.
Jamshid Iskanderovda ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Jamshidning darvozaga bergan zarbasini raqib posboni qaytardi va to'p maydondan chiqib ketdi. Lekin bosh hakam bu vaziyatda o'yin qoidasi buzildi deb hisobladi va burchak to'pi o'rniga jarima to'pi belgiladi.

30.
Maydonda keskin kurash kechmoqda. Ustunlik vakillarimiz tomonida. Ammo raqib hozircha yaxshi himoyalanmoqda.

29.
To'p Eldor Suyunovgacha etib keldi va darvozabonimiz yangi hujumni boshlab berdi.

27.
Sardor Rashidovning burchakdan etkazib bergan to'pini Krimec boshi bilan  darvoza yo'lladi. Noaniq. Bu vaziyatda yana bosh hakam o'yin qoidasi buzilganini qayd etdi.

26.
Krimec va Samiga ogohlantirish ko'rsatildi.

25.
Jamshid Iskanderovning zarbasi "jonli devor"ga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pi tepamiz.

24.
Xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepamiz.

22.
Sardor Rashidov chap qanotdan hujumga bormoqda. Lekin uning urinishlari hozircha naf keltirmayapti.

20.
Raqiblarimizning navbatdagi hujumi samarasiz tugadi.

18.
Islom To'xtaxo'jaev oddiy vaziyatda to'pni qaytarishga xatoga yo'l qo'ydi. To'pni yiqilganicha tepib yubormoqchi bo'lgan vaziyatda To'xtaxo'jaev  qo'li bilan o'ynadi va hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi.

17. Gol!
  Raid Al Gamdi mo'ljalda adashmadi. Eldor Suyunov to'p yo'nalishini topdi. Ammo zarbani bartaraf etishga muvaffaq bo'lmadi.

16. Penalti! Bizning darvoza tomon.


14. Xavfli vaziyat!
Sardor Rashidovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasidan so'ng raqib jarima maydonchasi ichida vakillarimiz to'pni darvoza yo'llashga urinishdi. Lekin har uchchala urinishni ham himoyachilar qaytarishga erishishdi. 

13.
Terma jamoamizning chap qanotdan uyushtirgan hujumini raqib himoyachilari bartaraf etishdi.

11.
Jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdik. Lekin bu vaziyat samarali tarzda foydalana olmadik.

8.
Saudiya Arabiston futbolchilari himoyalanish bilan band.

6.
Hozircha ustunlik vakillarimiz qo'lida.

4.
Ilk daqiqalarda ustunlik vakillarimizda. CHap qanotdan uyushtirilgan hujumni raqiblar qaytarishdi. Kozakning zarbasi noaniq ketdi.

2. Jamshid Iskanderov jarima to'pini amalga oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi

1.O'yin boshlandi.

- Navbat Saudiya Arabistoni madhiyasiga!

- O'zbekiston davlat madhiyasi!

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.


O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:3
Hakamlar: CHayya Mahapab, Tanom Borikut (ikkisi Tailand), Lim Kok Xeng (Singapur), Pu Udom Sivakorn (Tailand)

Gollar: Raid Al Gamdi (17), Jamshid Iskandarov (45), Bobur Yo'ldoshev (53-o'z darvozasiga), Vohid SHodiev (70), Abdulaziz Al Bishi (90)

O'zbekiston: 1.Eldor Suyunov, 2.Egor Krimec, 4.Bobur Yo'ldoshev, 7.Fozil Musaev, 8.Jamshid Iskandarov, 10.Vladimir Kozak, 15.Vohid SHodiev, 16.Sardor Rashidov, 17.Igor Sergeev, 18.Salim Mustafoev, 20.Islom To'xtaxo'jaev (S)
Saudiya Arabistoni: 1.Abdulloh Al Arraf, 2.Mazen Muhamad, 3.Abdulloh Madu, 4.Abdulloh Al Hafis, 6.Muhammad Al Fatil, 8.Raid Al Gamdi, 9.Ahmad Al SHehri 11.Abdulaziz Al Bishi, 12.Majid Kanabah, 15.Abdulloh Al SHameh, 17.Zakariya Al Sudani.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика