So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  6 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  13 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

O'zbekiston - Rossiya. O'yinga rossiyalik hamkasblarimiz tashrif buyurishadi Yangiliklar

O'zbekiston - Rossiya. O'yinga rossiyalik hamkasblarimiz tashrif buyurishadi

Malumki, 27 may kuni Olmaliq shahrida O'zbekiston (U-22) terma jamoasi Rossiya (U-21) termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Tomonlarning kelishuviga ko'ra, mazkur uchrashuvda har ikki jamoaning 1996-1997 yillarda tavallud topgan (yoki undan kichik bo'lgan) futbolchilari ishtirok etadi.

SHu o'rinda o'yinga aloqador eksklyuziv malumotni keltirishni lozim topdik. Olmaliqda o'tkaziladigan o'yinga rossiyalik hamkasblarimiz tashrif buyurishadi. Mazkur tashrif “Sport” telekanali bilan hamkorlikda amalga oshirilyapti.

Yurtimizga teletranslyaciya olamida o'z o'rniga ega bo'lgan Vek XXL televizion kompaniyasi vakillari kelishmoqda.  1992 yili Moskva shahrida asos solingan ushbu kompaniyaga Yuriy Dmitriev rahbarlik qilyapti. Aynan shu inson rahbarligidagi delegaciya bugun Toshkentga etib kelishi kerak.


Televizion translyaciyalarning texnik va tashkiliy masalalariga yordam berib kelayotgan ushbu kompaniya mana bir necha yidirki, Rossiya va Evropa telekommunikaciya bozorida etakchilik qilmoqda. 

“Vek XXL” kompaniyasi parkida ko'plab HD formatdagi KTS (ko'chma televizion studiya), 8, 12, 16, 32 ta kameradan iborat KAMAZ-Ajokki, Mercedes Atego, Mercedes ACTROS 1841 LX 4x2 KTSlar mavjud. 

“Vek XXL” Rossiya va MDH mamlakalariga nufuzli tadbirlarning to'g'ridan-to'g'ri translyaciyasini amalga oshirgan:

- Ikkinchi Jahon urushidagi g'alabaning 60-yilligi (Moskva, 2005);

- Ikkinchi Jahon urushidagi g'alabaning 70-yilligi (Moskva, 2015);

- “Katta Sakkizlik”ka azo mamlakatlarning yig'ilishi (Sankt-Peterburg, 2006);

- Engil atletika bo'yicha Jahon chempionatlari (2005-yildan to shu kungacha);

- Gandbol bo'yicha Jahon chempionati (2005-yildan to shu kungacha);

- Basketbol bo'yicha Evroliga bahslari. Final 4 (2005-yildan to shu kungacha);

- UEFA Kubogi va CHempionlar ligasi (2005-yildan to shu kungacha);

- Xokkey bo'yicha Jahon chempionatlari (2006-yildan to shu kungacha);

- Evro-2008 doirasidagi o'yinlar: Rossiya - Xorvatiya, Rossiya - Isroil, Rossiya - Estoniya; Evro-2012 hamda Evro-2016 doirasidagi uchrashuvlar;

- Bundan tashqari, turli yosh toifasidagi Jahon va Evropa chempionatlari;

- Pol Makkartning Moskvadagi koncerti;

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика