O'zbekiston - Qirg'iziston. Terma jamoamizda diskvalifikaciyaga uchragan futbolchi borligi yodingizdami?
19 mar 20:45
Yangiliklar


O'zbekiston - Qirg'iziston. Terma jamoamizda diskvalifikaciyaga uchragan futbolchi borligi yodingizdami?
Ertaga, 20 mart kuni JCH-2026 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Mazkur bahsda O'zbekiston terma jamoasi safida markaziy himoyachi Umar Eshmurodov maydonga tusha olmaydi. Sababi Eshmurodov noyabr oyida KXDRga qarshi o'tgan bahsda qizil kartochka olgandi. Shu bois Timur Kapadze uning xizmatlaridan foydalana olmaydi.
O'zbekiston terma jamoasining bir yo'la 6 futbolchisida 1 tadan sariq kartochka bor. Navbatdagi ogohlantirish ularni bitta o'yinga diskvalifikaciya qilinishiga sabab bo'ladi:
Farruh Sayfiev
Odil Hamrobekov
Eldor Shomurodov
Sherzod Nasrullaev
Jaloliddin Masharipov
Bobir Abdixoliqov.
O’xshash yangiliklar
22:54
Timur Kapadze Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) 19

Fikrlar