O'zbekiston OTJning guruhdagi raqiblarining o'yinlari haqida
05 jan 2016 07:36
Yangiliklar
O'zbekiston OTJning guruhdagi raqiblarining o'yinlari haqida
Dubay shahrida bo'lib o'tgan mazkur uchrashuvda Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi Li Yon Jae hamda Kvan Xi CHan tomonidan kiritilgan gollar evaziga BAA olimpiya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratishdi. Malumot uchun har ikkala terma jamoa ham U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionati guruh bosqichidagi yana bir raqibi – Yaman U-23 terma jamoasi ham bugun o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Yaman olimpiya terma jamoasi turnir bugun Vetnam olimpiya terma jamoasiga qarshi o'ynadi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Takidlash joiz, guruh bosqichidagi yana bir raqib – Iroq olimpiya terma jamoasi 2 yanvar kuni KXDR olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan va 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichini 13 yanvar kuni Janubiy Koreya U-23 terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Guruh bosqichi 2-turida O'zbekiston U-23 terma jamoasi 16 yanvar kuni Iroq olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 19 yanvar kuni Yaman terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar