So’nggi yangiliklar

15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  0 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  8 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  5 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  7 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  26 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  34 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21

O'zbekiston OTJ vodiyda Saudiya Arabistoni emas Keniyaga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston OTJ vodiyda Saudiya Arabistoni emas Keniyaga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Saudiya Arabistoniga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida avvalroq malum qilgan edik.

Ammo O'zbekiston OTJ mart oyida Saudiya Arabistoniga qarshi emas, Keniya U-23 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi.

“Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa oldiga Tokioda bo'ladigan Olimpiadaga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan. SHu sababli ular Olimpiya o'yinlari saralashiga jiddiy tayyorgarlik ko'rishi uchun kuchliroq raqib bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi maqsadga muvofiq bo'lar edi. Saudiya Arabistoniga hurmat saqlagan holda shuni takidlash kerakki, ushbu terma jamoa Osiyo vakili. O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi esa Osiyoda tengsiz ekanini Xitoydagi musobaqada isbotlab bo'ldi.

SHu sababdan O'zbekiston futbol Associaciyasi O'zbekiston OTJ uchun kuchliroq raqib topish bo'yicha muzokaralarni davom ettirdi va Afrikaning kuchli terma jamoalaridan biri bo'lgan Keniya U-23 terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Afrika terma jamoalari jismoniy jihatdan ancha baquvvat va kuchli raqib hisoblanishadi, qolaversa, o'z oldiga Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olish vazifasini qo'ygan O'zbekiston OTJ uchun ham bu terma jamoa bilan o'yin o'tkazish ancha qiziqarli va foydali bo'ladi.

23 mart kuni Andijonda, 26 mart kuni esa Farg'onada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston OTJ keniyalik tengdoshlariga qarshi bahs olib borishadi. Har ikki o'yinning boshlanishini muxlislar uchun qulay bo'lgan vaqt - soat 20:00ga belgiladik”, - deydi O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov.


Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика