O'zbekiston OTJ. Toshkentdagi yig'in davom etmoqda
07 noy 2019 11:48
Yangiliklar


O'zbekiston OTJ. Toshkentdagi yig'in davom etmoqda
Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.
4 noyabrdan boshlangan yig'in 10 noyabrga qadar davom etadi. Lyubinko Drulovich shogirdlari TTYMI stadionida mashg'ulotlar olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, 13-19 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoalar o'rtasida xalqaro turnir tashkil etiladi. Unda BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Suriya, Janubiy Koreya hamda O'zbekiston olimpiya terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi. SHuningdek, Iroq va Iordaniya U-23 terma jamoalarining ham ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
Foto: O'FA matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar