So’nggi yangiliklar

11:19Франция хорижда ўйнаётган энг яхши футболчисини аниқлайди. Номзодлар ичида Мбаппедан ташқари яна кимлар бор?  0 10:50ПСЖ етакчиси «Арсенал»га қарши жавоб учрашувида майдонга тушмаслиги мумкин  5 10:23Кевин Де Брюйнега асосий даъвогар жамоа маълум  1 09:48«Барселона» «Байер» етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 09:40Рубен Аморим кечаги йирик ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:14Ҳусановнинг агенти «Барселона»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  22 08:50«Ал Ҳилол» мураббийи истеъфога чиқарилди  2 08:24Эрон чемпионати. Яхшибоев ва Юсупов жамоалари дуранг ўйнади  0 07:50Суперлига. Бугун 8-турга старт берилади  8 06:40Конференциялар лигаси. "Челси" сафарда "Юргорден" дарвозасига 4 та гол урди, "Бетис" эса "Фиорентина"ни мағлуб этди  3 06:30Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Атлетик" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Тоттенхем" эса "Буде-Глимт"ни мағлуб этди  35 02:10Конференциялар лигаси. "Челси" финал масаласини деярли ҳал қилди, "Бетис" "Фиорентина"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  3 02:03Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда йирик ғалабага эришди, "Тоттенхэм" ҳам учта гол билан зафар қучди  4 01:50АПЛ. ЕЧЛ учун курашаётган "Ноттингем Форест" ўз уйида мағлубиятга учради  6 01:11Холанд қайтди  1

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston OTJ - Misr OTJ - 2:0 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston OTJ - Misr OTJ - 2:0

Andijonda O'zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi.

 

Bahsdagi hisob 32-daqiqada ochildi. Futbolchilarimiz tezkor qarshi hujumga o'tishdi, To'xtasinov-Qodirqulov kombinaciyasini Bobir Abdixoliqov gol bilan yakunladi - 1:0. 

Ikkinchi taym oxirida chamasi 25 metrlardan belgilangan jarima to'pini Aziz G'aniev aniq amalga oshirib gol urdi - 2:0.


O'zbekiston OTJ - Misr OTJ - 2:0
9 iyun 2019 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 19:00
Hakamlar
: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Akmal Rahimov.

Gollar: Bobir Abdixoliqov 32, - 1:0. Aziz G'aniev 90+2, - 2:0.

O'zbekiston OTJ: 1.Umid Ergashev, 2.Islom Qobilov, 4.Abdulla Abdullaev, 5.Dilshod Saitov, 8.Nurillo To'xtasinov (23.Oybek Bozorov, 85), 10.Bobir Abdixoliqov (7.SHarof Muhitdinov, 74), 11.Mirjahon Mirahmadov (13.SHohruh Abdurahmonov, 90+1), 15.Oybek Rustamov (6.Aziz G'aniev, 62), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin G'ofurov, 22.Sanjar Qodirqulov (9.Asad Sobirjonov, 90+3)
Zaxira: 12.Nizomiddin Ziyovuddinov, 21.Umid Hamroev, 3.Ibrohim Yo'ldoshev, 14.Abror Ismoilov, 16.Aziz Amonov, 17.Jasur Jaloliddinov, 18.Husniddin Aliqulov,

Misr OTJ: 1.Salah Omar, 4.Jalal Osama (15.Reda SHerif, 46), 5.Abdul Salom Muhammad, 6.Sobir Mahmud, 8.Mohir Nosir (14.Hamdi Ahmad, 66), 11.Muhammad Mustafo (24.Mansi Nosir, 76), 12.Tavfiq Akrom, 17.Ramazon Ahmad, 18.Sobir Muhammad (3.Ayman Ahmad, 82), 19.Hamdi Ammar (9.Xolid Omar, 90+1), 20.Ashur Imom (10.Yosir Ahmad, 46).
Zaxira: 1.Voil Omar, 23.Sobhi Muhammad, 2.Yahyo Karim, 7.Yusuf Ahmad, 21.Muhammad G'anam, 5.Said Ahmad.

Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov 70, Mirjahon Mirahmadov 88.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. O'YIN TUGADI! O'zbekiston OTJ - Misr OTJ 2:0

90+3. Maydonda ikki jamoa azolari qizishib ketishdi

90+3. O'zgarish. O'zbekiston OTJ. Sanjar Qodirqulov o'rniga Asad Sobirjonov tushdi

90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AZIZ G'ANIEEEEEV! 2:0. CHamasi 25 metrlardan belgilangan jarima to'pini G'aniev qoyilmaqom tarzda golga aylantirdi.

90+2. Ogohlantirish. Misr OTJ. Hamdi Ahmad

90+1. O'zgarish. Misr OTJ. Hamdi Ammar o'rniga Xolid Omar

90+1. O'zgarish. O'zbekiston OTJ. Mirjahon Mirahmadov o'rniga SHohruh Abdurahmonov

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

89. UXXXXXXXXXXX! Misrliklar hisobni tenglashtirishga yaqin kelishdi, qoyil Umidjon Ergashev ajoyi harakat qildi

88. Ogohlantirish. O'zbekiston OTJ. Mirjahon Mirahmadov

85. O'zgarish. O'zbekiston OTJ. Nurillo To'xtasinov o'rniga Oybek Bozorov

82. O'zgarish. Misr OTJ. Sobir Muhammad o'rniga Ayman Ahmad 

79. So'nggi daqiqalarda Misr olimpiyachilari tashabbusga ega bo'lishmoqda, ular gol urishni istashmoqda

76. O'zgarish. Misr OTJ. Muhammad Mustafo o'rniga Mansi Nosir

74. O'zgarish. O'zbekiston OTJ. Bobir Abdixoliqov o'rniga SHarof Muhitdinov

71. ZARBAAAAAAAAAAA! Hamdi Ammar yaqin masofadan zarba berdi Umidjon Ergashev jamoamizni goldan qutqardi!

70. Ogohlantirish. O'zbekiston OTJ. Ilhom Alijonov

66. O'zgarish. Misr OTJ. Mohir Nosir o'rniga Hamdi Ahmad tushdi

64. Xavfli vaziyat! Sanjar Qodirqulov ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo uning zarbasi juda tushunarsiz chiqdi

62. O'zgarish. O'zbekiston OTJ. Oybek Rustamov o'rniga Aziz G'aniev tushdi

58. UXXXXXXXXXX! Hamdi Ammarning zarbasi rekoshet hosil qilib darvozaga borayotgandi, Umidjon Ergashev qaytardi!

53. Xavfli vaziyat!  Ahmad Yosirning kuchli zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi

47. Zarba! Sanjar Qodirqulov darvozaga zarba berdi noaniq!

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarishlar. Misr OTJ. Jalal Osama o'rniga Reda SHerif, Ashur Imom o'rniga Yosir Ahmad


45+2. Birinchi taym tugadi. 15 daqiqa dam olamiz

45+1. Mirjahon Mirahmadov raqibni aldab o'tishga urindi, ammo o'xshamadi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi

43. ZARAAAA! Oybek Rustamov jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'lladi, anchagina noaniq bo'ldi

42. ZARBAAAA! Misr olimiyachilari sardori Mohir Nosirning jarima maydoni yonidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

37. ZARBA! Ashur Imomning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

35. To'xtasinovning burchak to'pidan keyin uzatgan pasi o'ta noaniq chiqdi

34.
Qodirqulov yana oldinga o'tdi, ammo himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BOBIR ABDIXOLIQOV! Vakillarimiz qarshi hujumga o'tishdi, To'xtasinov-Qodirqulov kombinaciyasini Bobir Abdixoliqov gol bilan yakunladi - 1:0.  GOLNI TELEGRAM KANALDA TOMOSHA QILISH

32. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Hisob ochilishi mumkin edi! Ilhom Alijonovning qo'pol xatosidan so'ng mehmonlar birga bir vaziyatdan foydalana olishmadi, Umidjon Ergashev qahramonlik ko'rsatdi!

30. Olimpiyachilarimiz himoyasida biroz pala partishlik ko'zga tashlanmoqda. Bu maydon sifati bilan bog'liqmi yoki muxlislar bosimimi bilmadik

26. Tan olib aytish kerak, hozirga qadar vakillarimiz bironta xavfli vaziyatni yuzaga keltira olishmadi

24. Bugungi bahsni Andijondagi stadiondan O'zbekiston Xalq artistlari Yodgor Sadiev va Yoqub Ahmedov kuzatib borishmoqda

23. Hakamlar hozir ikkala jamoa azolariga suv ichib olish imkoniyatini yaratib berishdi

19. UXXXX! Burchak to'pidan so'ng mehmonlar hisobni ochishga yaqin kelishdi, himoyachilarimiz bir amallab to'pni qaytarishdi!

18. Yana bir xavfli vaziyat! Yana o'sha Ashur hozir darvozamizga xavf solmoqchi bo'ldi, yaxshiki Dilshod Saitov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

13. Xavfli vaziyat! Misrning hujumi, aynan o'sha Ashur Imom hozir jarima mayonimizga yorib kirdi, yaxshiyam Umidjon Ergashev chaqqonroq harakat qilib to'pga ega chiqdi

12. Yo'q Ashur maydonga qaytdi.

8. Misr vakili Ashur Imom hozir maydonga noqulay yiqildi va jarohat oldi. U maydonga qaytmasa kerak

6. Hozircha jamoalar teng o'yin namoyish etishmoqda. Xavfli hujumlar sodir etilganicha yo'q

2. Mehmonlar birinchi burchak to'pini amalga oshirishdi, Islom Qobilov boshi bilan to'pni qaytarib yubordi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Navbat, O'zbekiston davlat madhiyasiga, barcha birgalikda kuylaymiz!

Dastlab Misr davlat madhiyasi yangramoqda

Ikkala jamoa azolari maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. 



YANGILASH

Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика