So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  3 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston OTJ - Misr OTJ - 3:2 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston OTJ - Misr OTJ - 3:2

O'zbekiston va Misr olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 16-daqiqasida Osama Jalol o'z jarima maydoni ichida Mirjahon Mirahmadovni yiqitgani uchun penalti belgilandi. Islomjon Qobilov penaltidan gol urdi - 1:0. 

36-daqiqa. Nurillo To'xtasinovning zarbasini darvozabon bartaraf etdi. Birinchi taym oxirida Omar Salahning zarbasi noaniq ketdi. 

Birinchi bo'limda boshqa gol urilmadi.

52-daqiqada misrliklarning navbatdagi hujumlaridan so'ng, to'pni darvozabon Umid Ergashev qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 55-daqiqada mehmonlarning yana bir xavfli hujumlarini darvozabon Umid Ergashev bartaraf  etdi.

58-daqiqada Bobir Abduxoliqov tomonidan oshirilgan to'pni Azizjon G'aniev 25 metrlar chamasi uzoqlikdan darvozaga aniq yo'lladi - 2:0.

65-daqiqada SHarof Muhitdinovning to'p uzatishidan keyin Bobir Abduxoliqov bo'sh darvozaga gol urdi - 3:0. 

82-daqiqada Ahmad Yosir hisobni qisqartirdi - 3:1. 

90+4-daqiqada Muhammad Abdulsalom burchak to'pida so'ng boshi bilan gol urdi - 3:2. 

O'yinda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozondi.


O'rtoqlik o'yini
O'zbekiston OTJ - Misr OTJ - 3:2
11 iyun, Namangan, "Markaziy" stadioni.
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, Ibrohim Ismoilov (barchasi O'zbekiston).

Gollar: Islomjon Qobilov 17 penalti, - 1:0. Azizjon G'aniev 58, - 2:0. Bobir Abdixoliqov 66, - 3:0. Ahmad Yosir 82, - 3:1. Muhammad Abdulsalom 90+4, - 3:2.

O'zbekiston OTJ: 1.Umid Ergashev, 2.Islom Qobilov, 5.Dilshod Saitov, 6.Aziz G'aniev (4.Abdulla Abdullaev, 90+2), 7.SHarof Muhitdinov, 8.Nurillo To'xtasinov (17.Jasur Jaloliddinov, 83), 10.Bobir Abdixoliqov (9.Asadbek Sobirjonov, 70), 11.Mirjahon Mirahmadov (13.SHohruh Abdurahmonov, 90), 14.Abror Ismoilov, 20.Husniddin G'ofurov, 22.Sanjar Qodirqulov (3.Abbos G'ulomov, 75)
Zaxira: 12.Nizomiddin Ziyovuddinov, 21.Umid Hamroev, 15.Oybek Rustamov, 16.Aziz Amonov, 18.Husniddin Aliqulov, 19.Ilhom Alijonov, 23.Oybek Bozorov

Misr OTJ: 23.Muhammad Sobhi, 2.Karim Yahyo (25.Ahmad Said, 46), 4.Osama Jalol, 6.Muhammad Sobir (3.Muhammad Ayman, 73), 8.Nosir Maher, 11.Mustafo Muhammad, 17.AHmad Ramazon, 18.Muhammad Sodiq (5.Muhammad Abdulsalom, 31), 19.Ammar Hamdi, 22.Salah Muhsin, Muhammad G'anan.
Zaxira: 1.Omar Valil, 16.Omar Salah, 20.Imom Ashur, 7.Ahmad Yusuf, 10.Ahmad Yosir, 14.Ahmad Hamdi, 15.SHerif Reda, 24.Nosir Mansi, 9.Omar Xolid, 12.Akram Tavfiq.



Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика