O'zbekiston OTJ dekabr oyida Yaponiya, BAA, Qatar, Xitoy va Iordaniyaga qarshi o'ynaydi
19 noy 2015 12:15
Yangiliklar
O'zbekiston OTJ dekabr oyida Yaponiya, BAA, Qatar, Xitoy va Iordaniyaga qarshi o'ynaydi
Yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishni boshlaydigan O'zbekiston olimpiya terma jamoasining nazorat o'yinlaridagi raqiblari nomi aniq bo'ldi.
30 noyabrda Toshkentda yig'iladigan jamoa 2-14 dekabr va 19-28 dekabr kunlari Dubayda yig'in o'tkazadi. 2-9 yanvar kunlariga mo'ljallangan yakuniy yig'in ham Dubayda o'tishi mo'ljallangan. Keyin olimpiyachilarimiz Doxaga yo'l oladi va 13 yanvarda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan Osiyo Kubogidagi ishtirokini boshlaydi.
"Terma jamoalar markazi" olib borgan muzokaralar yakunida jami 7 nazorat uchrashuvi tashkil etilishiga erishildi.
Raqiblar va o'yinlar sanalari quyidagicha:
7 dekabr - "Al Vasl" (BAA)
13 dekabr - Yaponiya
20 dekabr - KXDR
23 dekabr - BAA
27 dekabr - Qatar
4 yanvar - Xitoy
6 yanvar - Iordaniya
O’xshash yangiliklar
23:31
Turdimurodov, Ibragimov, Esanov – milliy jamoaga nomzod futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda 1
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar