So’nggi yangiliklar

18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  0 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  0 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  3 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  5 17:05CAFA Nations Cup. Ўмон Қирғизистон билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)   14 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  3 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  3 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  8 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  5

O'zbekiston OTJ bosh murabbiyi: "Ruminiya kabi kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar biz uchun juda foydali" Yangiliklar

O'zbekiston OTJ bosh murabbiyi: "Ruminiya kabi kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar biz uchun juda foydali"

Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Turkish Women's Cup 2019 xalqaro musobaqasida Ruminiyaga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

 O'yindan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun terma jamoamiz futbolchilari juda yaxshi harakat qilishdi. Avvalgi o'yinda Hindistonni mag'lubiyatga uchratgandik. Afsuski, bugun mag'lub bo'ldik. 37-daqiqada raqib imkoniyatndan unumli foydalanib, gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. SHogirdlarimning bugungi harakatidan qoniqish hosil qildim. Yana bir narsani takidlab o'tish kerak. Bugungi o'yinda hakamlik juda yomon bo'ldi. Youtube saytida mazkur o'yin videosi bor. Istaganlar kirib ko'rishlari mumkin. Agar hakamlar adolatli bo'lishganda, bugungi natija umuman boshqacha ham bo'lishi mumkin edi. Ammo biz natija uchun o'ynamadik. Asosiy maqsadimiz shunday o'yinlarda asosiy tarkibni shakllantirib olishdan iborat. Ruminiya kabi kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar biz uchun juda foydali.

Oldimizda Olimpiada saralashi bahslari kutib turibdi. «Turkish Women's Cup 2019» xalqaro musobaqasi orqali bo'lajak saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'z o'rnida, bizga mana shunday musobaqalarda qatnashib, munosib tayyorgarlik ko'rish uchun etarlicha shart-sharoit yaratib berayotgan O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Xudo xohlasa, Olimpiada saralashida yaxshi qatnashib, Tokio-2020 musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritishga harakat qilamiz", - dedi Bahrom Norsafarov.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика