O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Slovakiyaga qarshi ikkinchi o'yinda ham durang o'ynadi
01 sen 2016 16:34
Yangiliklar


O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Slovakiyaga qarshi ikkinchi o'yinda ham durang o'ynadi
Bugun, 1 sentyabr kuni bo'lib o'tgan ushbu uchrashuv jamoalarning teng kurashlari ostida o'tdi. Jamoalar ancha hujumkor o'yin namoyish etganiga qaramay, uchrashuv 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakun topdi.
30 avgust kuni bo'lib o'tgan Slovakiya o'smirlariga qarshi dastlabki o'rtoqlik ucharshuvida ham Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi durang natija (1:1) qayd etgandi.
O'zbekiston U-16 terma jamoasi Sloovakiyadagi yig'inini ertaga yakunlaydi va 3 sentyabr kuni Toshkentga qaytib keladi.
Toshkentda bir haftalik yakuniy yig'in o'tkaziladi va 9 sentyabr kuni jamoa Hindistonga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichida KXDR, Tailand hamda Yaman o'smirlar terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar