O'zbekiston Osiyo chempioni bo'lsa Olimpiadada qaysi guruhdan joy oladi?
04 apr 11:43
Yangiliklar
O'zbekiston Osiyo chempioni bo'lsa Olimpiadada qaysi guruhdan joy oladi?
Mart oyida futbol bo'yicha Olimpiada o'yinlariga qura tashlanganidan xabaringiz bor.
FIFA va OFK Osiyo qitasidan ishtirok etuvchi jamoalar guruhlarga qay tariqa joylashishiga aniqlik kiritdi.
Unga ko'ra:
U-23 Osiyo kubogi g'olibi — “D” guruhiga;
U-23 Osiyo kubogi 2-o'rin sohibi — “C” guruhiga;
U-23 Osiyo kubogi 3-o'rin sohibi — “B” guruhiga;
U-23 Osiyo kubogi 4-o'rin sohibi pley-off o'yinida Gvineya bilan o'ynaydi. G'olib jamoa “A” guruhidan o'rin oladi.
Qayd etilganidek, U-23 Osiyo kubogi chempioni hamda ikkinchi va uchinchi o'rin sohiblari to'g'ridan-to'g'ri Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritsa, Osiyoning to'rtinchi jamoasi pley-off o'yinida Gvineyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar