So’nggi yangiliklar

00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  47 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2

Janubiy Koreya OTJ – O'zbekiston OTJ o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv ham durang bilan yakunlandi Yangiliklar

Janubiy Koreya OTJ – O'zbekiston OTJ o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv ham durang bilan yakunlandi

Timur Kapadze shogirdlari yig'in doirasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

Janubiy Koreya OTJ – O'zbekiston OTJ 1:1 (LIVE)
Gol:  49 - Ruslan Jiyanov (Husayn Norchaev), 79 - CHo Xyun Taek

"Xvason" stadioni

Janubiy Koreya OTJ: 1.Kim Jong Xun, 4.Byun Jun Su (s), 12.Park Kyu Xyun, 23.Xvang Jae Vun, 26.Jo Seong Gvon, 8.Ox Jae Xyok, 10.Gox Yung Jun, 15.Yun Suk Ju, 9.Jung Xan Min,  11.An Jae Jun, 18.Ox Xyon Gyu.

Zaxira: 21.Seul Xyun Bin, 27.CHo Seong Bin, 2.CHo Xyun Taek, 5.CHo Vi Je, 13.Bak Keon Vu, 14.Kim Jong Min, 24.An CHang Min, 25.Kim Gun Xi, 6.Li Jin Yong, 16.Kvon Xyok Kyu, 20.Kang Xyun Muk, 22.Li Xyun Ju, 7.Hong Si Xu, 17.CHoi Gi Yun

O'zbekiston OTJ: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov (4.Behzod SHamsiev, 71), 3.Dostonbek Tursunov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Ibrohim Ibragimov (17.Diyor Xolmatov,  90), 10.Jasurbek Jaloliddinov (s) (6.Muhammadaziz Ibragimov,66), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (9.Ulug'bek Hoshimov, 46), 16.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchaev (7.Timur Mamasidiqov, 71), 20.Ruslan Jiyanov (22.Alisher Odilov,66), 23.Abdurauf Bo'riev.

Zaxira: 1.SHukron Yo'ldoshev, 21.Hamidullo Abdunabiev, 15.Odilbek Abdumajidov, 13.Eldor Begimov,  14.Sunnatulloh Hamidjonov, 18.Nurmuhammad Toshpo'latov.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH 



Uchrashuv yakunlandi

90+1. O'zgarish: Diyor Holmatov Ibrohim Ibragimovning o'rniga maydonga tushdi

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

89. Mamasidiqov raqibni bir necha bor aldadi va zarba yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida

79. Gol. CHo Xyun Taek hisobni teglashtirmoqda

78. Ogohlantirish: Ibrohim Ibragimov hakam tomonidan ogohlantirildi

75. Terma jamoamiz azolari raqib jarima maydonchasida bosim qilishdi va to'pni olib qo'yishdi. Biroq yaxshi imkoniyatdan foydala olmadik

71. O'zgarish: Mirsaidov va Norchaev maydoni tark etdi, ularning o'rniga SHamsiev va Mamasidiqov maydonga tushdi

67. Ogohlantirish: Saidazamat Mirsaidov ogohlantirildi

66. O'zgarish: Muhammadaziz Ibrohimov va Alisher Odilov maydonga tushdi, ular Jasur Jaloliddinov va Ruslan Jiyanovni alishtirishdi

64. Gox Yung Junning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

58. Alibek Davronov boshi bilan zarba yo'lladi, biroq darvozabondan super seyv

57. Ogohlantirish: Jiyanov raqibidan chiroyli o'tib ketdi, biroq .Park Kyu Xyun uni yiqitdi va hakam ogohlantirildi

49.GOOOOOOOOOOOOOOL. Norchaev qanotdan yaxshi kirib bordi va Jiyanovga to'pni uzatdi. «Olympic» futbolchisi esa ajoyib tarzda hisobni ochdi

46. O'zgarish: Otabek Jo'raqo'ziev o'rniga Ulug'bek Xoshimov maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+2. Ox Xyon Gyu juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi, baxtimizga to'p himoyachilarimizga tegdi va burchakka chiqib ketdi

Hakam birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi

43. Otabek Jo'raqo'ziev qanotdan yaxshi kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq to'pni darvozabon ushlab oldi

38. Bo'riev jarima maydonchasining ichiga yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq Norchaevning zarbasi himoyachilarga tegdi

31. Ogohlantirish: Ox Jae Xyok hakam tomonidan ogohlantirdi

27. Ogohlantirish: Abdurauf Bo'riev ham hakam tomonidan ogohlantirildi

25. Ogohlantirish: Alibek Davronov maydon markazida qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirildi

24. Xusayn Norchaevning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

17. Bevosita Xvasonda bo'lib turgan yurtdoshlarimiz O'zbekiston olimpiya terma jamoasini astoydil qo'llab-quvvatlab turishibdi. 

12. Vakillarimiz juda faol. Ko'p marta to'p raqibdan olib qo'yilyapti, ammo bosh hakam mezbon faktorini hisobga olib, ko'p marta qoida koreyaliklar foydasiga qoida buzish qayd etmoqda.

10. Jasur Jaloliddinov hujum vaqtida to'pni yo'qotganiga qaramasdan, tayanch yarim himoyachilarimiz to'pni yana qaytarib olishdi. Hozircha bahs teng kurashlar ostida va yuqori tempda davom etmoqda.

7. Zarbaaa! Ox Xyon Gyuning zarbasidan keyin Nazarov ishonchli tarzda to'pni egallab oldi. 

4. O'zbekiston OTJ standart holatga ega chiqdi. Jaloliddinovning uzatmasidan keyn Ibragimov bosh bilan zarba berdi, to'p darvozabonning ustidan o'tdi, biroq himoyachilar to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lishdi.

1. O'yin boshlandi! 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика