So’nggi yangiliklar

20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  0 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  72 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  0 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi

Teglar :  O'zbekiston OTJ
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o'tkazgan yig'inini yakunlab, Toshkentga qaytdi.

19 - 28 dekabr kunlari o'tkazilgan o'quv-mashg'ulotlar davomida jamoa 3ta o'rtoqlik-nazorat uchrashuvlarini o'tkazdi.

Yig'in davomidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvi KXDR olimpiya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tdi. 20 dekabr kuni o'tkazilgan o'yinda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi raqib darvozasini to'rt bora ishg'ol qildi va yakuniy hisob 4:2 ko'rinish olishini taminladi. Igor Sergeev ushbu o'yinda dubl qayd etgan bo'lsa, Husniddin G'ofurov hamda Ikrom Aliboev ham o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi.

Ikkinchi nazorat uchrashuvi esa Suriya olimpiya terma jamoasiga qarshi, 23 dekabr kuni bo'lib o'tdi va unda O'zbekiston olimpiyachilari kichik - 0:1 hisobida raqibga mag'lub bo'ldi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'indagi so'nggi nazorat uchrashuvida Doxa shahrida Qatar olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi terma jamoa Qatarga qarshi uchrashuvda ancha yaxshi harakat qildi yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safidagi gollarga ikkinchi bo'limda Akrom Komilov hamda Doston Tursunov mualliflik qilishdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 12 – 30 yanvar kunlari Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Turnirning guruh bosqichida O'zbekistonga Iroq, Janubiy Koreya hamda Yaman olimpiya terma jamoalari raqib bo'ladi.

Turnirni o'zbekistonliklar 13 yanvar kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Kuni-kecha ushbu jamoa bosh murabbiyi SHin Tay Yong qita birinchiligiga boradigan tarkibni malum qildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика