O'zbekiston olimpiya terma jamoasi poytaxtda yig'in boshladi
04 okt 2019 20:50
Yangiliklar


O'zbekiston olimpiya terma jamoasi poytaxtda yig'in boshladi
Bilasiz, yanvar oyida Tailandda U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.
Olimpiyachilarimiz har oy yig'in tashkil etib, xalqaro musobaqa yoki o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda. Oktyabrda ham Lyubinko Drulovich shogirdlari xalqaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi. Terma jamoamiz Janubiy Koreyada yig'in o'tkazadi va mazkur yig'in doirasida koreyalik tengqurlariga qarshi 2 ta o'yin o'tkazadi. Mazkur uchrashuvlar oldidan olimpiyachilarimiz Toshkentda qisqa muddatli yig'in tashkil etishadi. Mashg'ulotlar bugundan start oldi va 8 oktyabrga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar