O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Navoiyda o'yin o'tkazadi
19 avg 2016 14:57
Yangiliklar
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Navoiyda o'yin o'tkazadi
Bu haqda "Qizilqum" klubi bosh menejeri Hamidjon Aktamov kechagi "Obod"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o'tdi. SHuningdek Aktamov oliy liganing 20-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi ham keyinroq muddatga qoldirishi haqida malum qildi.
"Xabaringiz bor, milliy terma jamoa yig'ini munosabati bilan 26 avgustda bo'ladigan “Paxtakor” - “Qizilqum” uchrashuvi boshqa muddatga ko'chiriladi. Ammo muxlislarimiz zerikib qolishmaydi. O'FF Terma jamoalar markazi bilan kelishgan holda 26 avgust kuni Navoiyda O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini uyushtiramiz. Buni muxlislarimiz mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yillik to'yiga jamoamizdan sovg'a sifatida qabul qilishlarini so'rardim", - deydi Aktamov.
Fikrlar