So’nggi yangiliklar

09:52Маурисио Почеттинонинг ўрнига ёзда «Челси»га ким бош мураббий бўлиши маълум  2 09:26Виржил ван Дейкнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:00Тимур Кападзе Парижга бориши мумкин бўлган ёши катта футболчилар ҳақида фикр билдирди  28 08:36Аббосбек Файзуллаев «Спартак»ка қарши учрашувдан олдин олинган сариқ бўйича журналистларнинг саволига жавоб берди  4 08:12Навбатдаги йирик мағлубиятдан сўнг тен Хаг истеъфо ҳақида фикр билдирди  18 07:47Sofascore. Гол урган Файзуллаев кечаги баҳсда неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:19Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  1 06:50РПЛ. ЦСКА - "Рубин" 2:2   1 06:45Лига 1. "Лилль" - "Лион" 3:4   0 06:40АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Манчестер Юнайтед" 4:0   0 06:35Саудия чемпионати. "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" 1:2   0 06:30Серия А. "Удинезе" - "Наполи" 1:1   0 02:08Лига 1. "Лион" 10 дақиқада 3та гол уриб, ажойиб камбэк ижро қилди  2 02:00АПЛ. "Кристал Пэлас" МЮни "ер тишлатди"  36 01:47А Серия. "Наполи" "Удинезе" билан дуранг ўйнади ва келаси мавсум ЧЛда ўйнаш имкониятидан деярли маҳрум бўлди  1

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'Zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzev va bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Husayn Norchaev uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- O'yin haqida

- Barchaga xayrli kech. Bugungi tarixiy g'alaba bilan halqimizni tabriklaymiz. Xudoga shukr, qiyin uchrashuvda chiroyli g'alaba qozondik. Maydonda raqibga deyarli imkoniyat qoldirmadik. Maqsadimiz sari yurishda davom etamiz va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

Husayn Norchaev

- O'yin haqida  

- G'alaba bilan tabriklayman. G'alabag'a uzoq vaqt davomida intilib kelgandik. O'z yurishimizni davom ettiramiz.

- Bugungi uchrashuv juda ham emociyalarga boy bo'ldi. Arab terma jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvlar har doim provokaciya va janjallarga boy bo'ladi. Birinchi daqiqalaridanoq raqib futbolchilari  bizga nisbatan juda qo'pol o'ynashdi. Biz futbolchilarimiz ham hissiyotga berilib javob qaytara boshlashdi. Tanaffusda ushbu holatni to'g'irlash uchun yigitlarga nimalar dedingiz?

- O'yindan avval yigitlarga bunday holatlar ro'y berishini mumkin deb ogohlantirib qo'ygandim. Har xil vaziyat bor va har narsa ro'y berishi mumkin edi. Yigitlarga sovuqqon bo'lishni talab qildim. Yigitlar maydonda faqat futbol haqida o'ylashdi. Biz futbol bo'yicha raqibdan ustun ekanligimizni bilar edik. Birinchi bo'lim so'ngida hisobda oldinga chiqib olgandik. Ikkinchi bo'limda ular shunday o'ynashda davom etishdi va qizil kartochka olishdi.

- Indoneziya yarim finalda to'qnash kelishingizni kutganmidingiz va Indoneziya terma jamoasining kuchli jihatlarini sanab o'tsangiz? 

- Ushbu musobaqada kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Janubiy Koreya kabi kuchli terma jamoani taslim etishdi. Biz Indoneziyani o'rganib chiqamiz. Maqsadimizga erishish uchun yana bir qadam qoldi. 

Husayn Norchaev

- Saudiya Arabistoni bilan juda ko'p marotaba to'qnash kelganmiz. Bugungi saudiya terma jamoasi sizlarga qandaydir yangilik taqdim eta oldimi?

- Saudiya jamoasini yaxshi taniymiz. Ularni yaxshi o'rganib chiqdik va shu sabab ularni mag'lub etdik. Biz saudlarni ko'p o'rganganmiz  

- Jamoangiz musobaqada hali gol o'tkazib yubormadi. Buni qanday uddalayapsizlar va bu qanchalik sizlarga ishonch bermoqda?

- Biz yaxshi himoyalanmoqdamiz va bunda butun jamoaning hissasi katta. Himoya hujumdan boshlanadi va barcha futbolchilar himoya uchun yaxshigina ter to'kishmoqda.

Husayn Norchaev

- Finaldagi mag'lubiyatning alamini oldingizlar. Bugungi g'alaba keyin nimalarni his etmoqdasiz?

- G'alaba qozonganimiz juda yoqimli. Asosiy maqsadimiz sari yana bitta qadam tashladik. Keyingi uchrashuvlarda ham shunday o'yin namoyish etishni niyat qilganmiz. O'yindan o'yinga kuchayib borishimiz kerak.


Reyting: +82   

Fikrlar

+10   
26 apr 23:03:04
Buyuk yurt farzandi
Saudiyani maxtanchoq murabbiyini intrvyusini kutib qolamiz.
Yoki intrvyu bermay qochvordilami kar kar qilib...
+9   
26 apr 23:02:08
PlayFootball
Норчаев учун хурсандман. Молодец, насиб этса акаларингни урнини муносиб эгаллайсан деган ниятдаман.
+8   
27 apr 00:15:14
SO'G'DIYONA Jizzax
Нахотки армоним ушалса. Олимпиадада термамизни курсак. Термамизни жахон даражасидеги мусобакалада курмайман диб армонда кетсам кере диб уйлардим. Кузларимга еш келди галабадан кейин. Рахмат йигитлар рахмат Копадзе. Олга Узбекистон.
+7   
26 apr 23:18:50
Nozimjon Nurmatov
ИБРОХИМХАЛИЛ ЙЎЛДАШЕВ офарин энг кўп мехнат қилган ўйинчи бўлди тоза ўйнади Катанец жаноблари кўзингизни каттароқ очинг асосий термадан шу болларга тўрттасини қўшинг етади
+7   
26 apr 23:04:42
Jurabek Jizzax
Norchayev goldi zoʻr urdi. Anduqodir Aymanni duxini sindirdi. Boʻriyev qora mehnatti va sardorlikni zoʻr epladi. Hammaga respekt . Zoʻr bollar. Muhimi birlik bor. Jamoa bor
+7   
26 apr 23:04:28
Isroiljonn Kasimov
Қойил,Норчаев.Бугун жуда кўп танқидчиларингга муносиб жавоб бердинг.Шундай давом этамиз.ОЛҒА ОҚ БЎРИЛАР!!!
+7   
26 apr 23:02:04
Samcity
Bosinglar gaziga umuman endi to'xtash yuq
+6   
26 apr 23:28:42
Bekzod Sharipov
Buyuk yurt farzandi foydalanuvchining fikriga javob berish
Saudiyani maxtanchoq murabbiyini intrvyusini kutib qolamiz. Yoki intrvyu bermay qochvordilami kar kar qilib...
Karrillab karrillab biz ularni yutganmiz deb.... Keyin o'yinni boshidan pravakatsiya hakam var qizil so'rab yig'lab... Bunaqa nomard jamoalarni o'yinda yutish shart edi. Yutdik ham. Alhamdullillah...
+6   
26 apr 23:02:56
Azizhon
Йигитлар ғалаба муборак бўлсин!
+5   
27 apr 00:11:06
Улугбек
Олға йиртқичлар. Еб ташланглар Осиёни. Сизларга ишонамиз
+5   
26 apr 23:30:02
to'g'riso'z
Бугун самурай (Йулдошев) жуда катта хажмда кора мехнат килди, арабларни кузини очирмади. Браво
+5   
26 apr 23:08:45
Nozimjon Nurmatov
Хайрли кеч биз кўп танқид қилган Норчаев жуда қийин пайтда қийин вазиятдан гол уриб кетди ўйиндаги энг асосий вазият шу эди мураббий барибир билади ким қандай холатдалигини биз мухлис сифатида бахо берамиз Норчаев тажрибаси барибир қўл келди Рахмад мураббийдан тортиб барча ўйинчиларга
+4   
26 apr 23:31:44
Xabibullo Yoqubov
Toʻgʻrisi man shu oxirgi oʻyinlarni koʻrib bizni futbolchilarni qaysidur terma yutishi uyoqda tursin gol ura olishlariga Xam ishonmoman inshaalloh shunaqa kunlarga ham yetib keldik Husanov Davronov kelajakda MTJ da xam devor boladi
+4   
26 apr 23:15:34
Kamal Tlepbaev
Oyinimizda eng zor tarafi bitta futbolchiga boglanib qolmaganimiz. Har safar har xil futbolchilarimiz ozini korsatmoqda. Erkinov, Alisher Odilov, J.Jaloliddinob, Hoshimov, Holmatov, Fayzullaev, bugingi oyinda Boriev, Norchaev. Ajoyib jamoamiz bor a. Zor hammasi super
+4   
26 apr 23:04:28
Vatandoshingiz
Норчаевдан аклли гол булди,у мактабда хам 5 бахога укиган менимча
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика