So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

O'zbekiston nogiron-amputantlari Irlandiya ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozonishdi Yangiliklar

O'zbekiston nogiron-amputantlari Irlandiya ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozonishdi

O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Meksikada davom etayotgan JCH-2014 bahslari guruh bosqichi 2-turida Irlandiya terma jamoasi ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozondi.
Mavzur Umarxo'jaev qo'l ostidagi O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi 1 dekabr, dushanba kuni Irlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.

Uchrashuv taqdiri birinchi bo'limdayoq hal qilib bo'lingandi - 1-taymni 5:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlagan O'zbekiston futbolchilari yakunda 6:1 hisobida zafar quchishdi.

Eslatib o'tamiz, musobaqadagi dastlabki uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi Ukraina ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Guruh bosqichining so'nggi turida Braziliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boriladi. Uchrashuv 2 dekabr, seshanba kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Mavzur Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi nogiron-amputantlar o'rtasida amaldagi jahon chempioni sanaladi va terma jamoa Meksikadagi Jahon chempionatida o'z unvonini himoya qiladi.

Malumot o'rnida, Meksikaning Kuliakan shahri mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatida jami 22ta terma jamoa ishtirok etmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика