O'zbekiston MTJ Yaponiyada saylovda ishtirok etdi FOTO
29 mar 2015 11:59
Yangiliklar


O'zbekiston MTJ Yaponiyada saylovda ishtirok etdi FOTO
Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ayni paytda Yaponiyada bo'lib turibdi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoamiz 31 mart kuni Tokioda Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Terma jamoamiz Tama shahridagi "Keio Plaza" mehmonxonasiga joylashgan.
Bugun murabbiy va futbolchilarimiz O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi vakillari yordamida prezident saylovida ishtirok etishdi. Bu haqda O'FFning tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

Fikrlar