O'zbekiston MTJning Tojikistonga qarshi o'rtoqlik o'yini 3 sentyabrga ko'chirildi
28 iyu 2020 21:58
Yangiliklar


O'zbekiston MTJning Tojikistonga qarshi o'rtoqlik o'yini 3 sentyabrga ko'chirildi
Avval xabar qilinganidek, O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida o'quv-mashg'ulot yig'ini olib boradi.
Mazkur yig'in doirasida Tojikistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi 4 sentyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.
Biroq Tojikiston futbol federaciyasi iltimosiga binoan, ushbu uchrashuv 3 sentyabr sanasiga ko'chirildi.
Malumot o'rnida, Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi Milliy jamoamizning Eronga qarshi o'rtoqlik o'yini belgilanganidek 7 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar