So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  0 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  8 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

O'zbekiston MTJning navbatdagi yig'iniga chaqirilgan o'yinchilar malum Yangiliklar

O'zbekiston MTJning navbatdagi yig'iniga chaqirilgan o'yinchilar malum

O'zbekiston milliy terma jamoasi 30 avgustdan 4 sentyabrga qadar Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini olib boradi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig'inga mahalliy klublardan 26 nafar futbolchini chaqirdi.

FIFA sentyabr oyidagi FIFA kunlarini 2022 yil yanvar oyiga ko'chirganligi, pandemiya sharoitida parvozlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va boshqa cheklovlar sabab xorijiy chempionatlarda to'p tepayotgan o'zbekistonlik futbolchilar ushbu yig'inga jalb etilmadi.

Yig'in doirasida Milliy terma jamoamiz Tojikiston vakillariga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 3 sentyabr kuni "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Eldor Suyunov ("Paxtakor"), Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Qo'qon-1912").

Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohim Halil Yuldashev ("Bunyodkor"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkro"), Farruh Ikromov ("Bunyodkor"), Hojimat Erkinov (AGMK), Iskandar SHoyqulov ("So'g'diyona"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Quvondiq Ro'ziev ("Qo'qon-1912"), Suhrob Berdiev ("Qo'qon-1912"), Husniddin G'ofurov ("Surxon").

Hujumchilar: Bobir Abdiholiqov ("Nasaf"), SHahzod Ubaydullaev ("Metallurg"), Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv").


P.S. "Paxtakor" jamoasi 1 sentyabr kuni Superliga doirasida "Buxoro"ga qarshi maydonga tushishi kerak. Demak, "sherlar"dan terma jamoaga chaqirilganlar yig'inga faqatgina 2 sentyabrdan qo'shila olishadi yoki bu borada ikki tomon o'zaro kelishadi.

Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика