So’nggi yangiliklar

02:38А Серия. "Рома" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол+пас  52 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  6 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  6 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  7 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1 22:09Назорат учрашуви. "Насаф" Москванинг "Спартак" жамоасига ютқазди  8 21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  12 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  4 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  5 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  3 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  4 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  49 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3

O'zbekiston MTJga gol urgan hujumchi va boshqalar: OKMKning bo'lajak raqibi "Al Sib" haqida nimalarni bilish kerak? Yangiliklar

O'zbekiston MTJga gol urgan hujumchi va boshqalar: OKMKning bo'lajak raqibi "Al Sib" haqida nimalarni bilish kerak?

Teglar :  OCHLAl SibOKMK
Ertaga Osiyo chempionlar ligasi saralash bahslari doirasida OKMK - "Al Sib" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unga ko'ra Olmaliqning OKMK klubining dastlabki raqbi O'monning "Al Sib" klubi bo'ladi. 15 avgust kuni OKMK maydonida o'tadigan bahs g'olibi 22 avgustda Qatarning "Al Arabi" klubi bilan guruh bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

Xo'sh, "Al Sib" haqida nimalarni bilish kerak?

"Al Sib" 1972 yilda tashkil etilgan va o'z uy o'yinlarini 14 ming tomoshabinga mo'ljallangan shu nomdagi stadionda o'tkazib keladi. Ikki marta mamlakat chempioni, 4 karra Sulton Qabbos kubogi, 2 karra O'mon liga kubogi, 2 karra O'mon Superkubogi va 1 marta OFK kubogi sohibiga aylangan.




O'tgan mavsum o'z chempionatida uchinchi o'rinni olgan klub OCHLda ishtirok etadigan O'monning yagona klubi hisoblanadi. "Al Sib" chempionat orqali emas OFK kubogida g'olib bo'lgani uchun OCHLga yo'llanma olgan. Yodingizda bo'lsa Jizzaxning "So'g'diyona" klubi OFK kubogida yarim finalga qadar etib borgan va Malayziyaning "Kuala Lumpur" klubiga penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygandi. "Kuala Lumpur" finalda aynan "Al Sib"ga to'qnash kelgan va yakunda 0:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.

Klubning etakchilari ikki hujumchi Abdulaziz Al Muqbali va Muhsin Al G'assani hisoblanadi. 34 yoshli Muqbali O'mon terma jamoasi sobiq yulduzlaridan biri hisoblanadi. U 2011-2021 yillar davomida terma jamoasi safida 99ta o'yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga 34ta gol urgan. Gol urish bo'yicha Muqbali terma jamoa tarixidagi uchinchi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Muqbali "Al Sib" safida uch mavsumdan buyon o'ynab kelmoqda va hozirgacha 79ta o'yinda 39ta gol urdi.

26 yoshli Al G'assani esa ikki mavsumdan buyon "Al Sib" sharafini himoya qilmoqda va hozirgacha 58ta uchrashuvda 31ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Al G'assani 2019 yilgi Osiyo kubogi 1-turida O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga gol urgani ham ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. U O'mon terma jamoasi safida 2017 yildan buyon 41ta bahsda maydonga tushdi va 8ta to'p kiritishga erishdi.



"Al Sib"ga 3 iyul kuni yangi bosh murabbiy tayinlandi. Endilikda jamoani braziliyalik tajribali mutaxassis Jorvan Vieyra boshqarmoqda. 1953 yilda tug'ilgan ushbu murabbiy 2007 yilda Iroq terma jamoasini Osiyo chempioni qilgani bilan mashhur.

O'monda yangi mavsum avgust oyining ikkinchi yarmidan start oladi. Yani "Al Sib" 23 maydan buyon rasmiy o'yin o'tkazgani yo'q.





"Al Sib" klubining Osiyo chempionlar ligasi uchun topshirgan futbolchilar ro'yxati:

1.Ahmed Faraj Al Ravahi
3.Yaqdan Hamis Al Mushaifri
6.Ahmed Muhammad Al Hamisi
7.Zahir Sulayman Al Akbari
8.Marvan Taaib Avlad Vadi
9.Abdulaziz Al Muqbali
10.Omer Talib Al Fazari
11.Amjad Abdulloh Al Xarti
13.Muhammad Solih Al Musallami
14.Usama Muhammad Al Mahruqi
15.Muhammad Abdulkarim Al Xatmi
16.Muhsin Solih Al Gassani
17.Ali Sulaymon Al Busaidi
18.Muatasim Al Vahaibi
19.Yusuf Nashr Al Malki
20.Abdulloh Sabah Al Habsi
21.Issam Hamis Al Mahzumi
22.Hassan Ahmed Al Ajmi
24.Tamim Xaytam Al Balushi
25.Muhammad Ramazon Al Amri
26.Arshad Said Al Alavi
27.Eyd Al Farsi
29.Samir Aziz Al Xatmi
42.Javd Xalifa Al Azi
70.Hamid Said Al Xabsi
80.Abdulloh Jamil Al SHabibi
90.Yazid Salim Al Maashani


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика