O'zbekiston MTJ shifokori Abror Pirriev: "Hojimat Erkinovning jarohati xavotirli"
08 iyu 2021 09:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/641235_original.jpg)
![](/upload/storage/641235_220.jpg)
O'zbekiston MTJ shifokori Abror Pirriev: "Hojimat Erkinovning jarohati xavotirli"
Kecha bo'lib o'tgan JCH-2022 saralash doirasidagi Singapur terma jamoasi (5:0)ga qarshi o'yindan so'ng terma jamoamiz shifokori Abror Pirriev jarohat olgan futbolchilarimiz haqida malumot berdi.
"Tungi tibbiy sarhisob:
Raqib shiddatli qarshilik ko'rsata olmagan bo'lsa-da, iqlimning issiq, nam va changligi bois futbolchilar qiynalishdi. Maydonga sepilgan suv issiqda birpasda qurib, chimda to'p yurishi qiyinlashdi, ustiga ustak jarohatlarni ko'paytirdi. Aynan maydon o'tining quruqligi; to'p yurmay, oyoq sirpanmay taqalib qolaverishi Erkinov Hojimatning biroz xavotirli jarohatiga sabab bo'ldi.
Maydondan chiqib ketgan bo'lsa-da Husniddin Aliqulov jarohati jiddiy emas. Hojimat Erkinov masalasida esa ertaga qo'shimcha tekshiruvlar o'tkazilgach barchasiga oydinlik kiritiladi", - deb yozadi Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar