O'zbekiston MTJ Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda ko'k rangli libosda harakat qiladi
14 iyu 2021 14:33
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda ko'k rangli libosda harakat qiladi
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasida mezbonlarga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuvda jamoamiz azolari to'liq ko'k rangli formada to'p tepadi. Darvozabonimiz esa sariq rangli libosda harakatlanadi.
Saudiyalik futbolchilar oq va yashil rangli formada, raqib posboni esa qora rangli libosda maydonga tushadi.
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston uchrashuvi ertaga 15 iyun kuni soat 23:00 da start oladi.
Fikrlar