So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   0 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

O'zbekiston MTJ Osiyo Kubogi qurasida qaysi savatchada bo'ladi? Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Osiyo Kubogi qurasida qaysi savatchada bo'ladi?

O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2023 saralash o'yinlarini muvaffaqiyatli yakunlab qita birinchiligi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Xabaringiz bor, 2023 yilning 16 iyun - 16 iyul oralig'ida o'tkaziladi. Faqat hozircha musobaqa qaysi davlatda bo'lib o'tishi malum emas. Kecha o'tkazilgan oxirgi tur o'yinlaridan so'ng Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan barcha 24 jamoa nomi malum bo'ldi. 

Bular - Avstraliya, Yaponiya, Eron, Iroq, Janubiy Koreya, Livan, Falastin, Ummon, Xitoy, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya, Suriya, O'ZBEKISTON, Hindiston, Bahrayn, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Qirg'iziston, Gonkong, Indoneziya.

SHu o'rinda ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol: Osiyo Kubogiga qura qachon tashlanadi va O'zbekiston qaysi savatchada bo'ladi? 

Malumki, OFK jahon chempionati ikkinchi saralash bosqich yakunlariga ko'ra, jamoalarni savatchalarga bo'lib chiqadi. Bunda JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundiga yo'l olgan 12ta jamoa 6tadan birinchi va ikkinchi savatchalarga bo'linadi. Qolgan 12 jamoa esa oltitadan uchinchi va to'rtinchi savatchalarga joylashadi. 

SHunday bo'lgan taqdirda O'zbekiston JCH saralash bahslarining uchinchi raundiga yo'l ola bilmagani hamda Osiyo Kubogi saralash o'yinlarida guruhda birinchi o'rinni egallagani bois qura paytida 3-savatchadan joy oladi. Hozirdanoq savatchalar aniq bo'lib ulgurgan va qura paytida ham o'zgarmaydi. Osiyo Kubogi qurasi kelasi yil o'tkaziladi.


1-savatcha:

Eron

Yaponiya

Janubiy Koreya

Avstraliya

Saudiya Arabistoni

Qatar


2-savatcha: 

BAA

Iroq

Ummon

Xitoy

Suriya

Vetnam


3-savatcha:

O'zbekiston

Bahrayn

Iordaniya

Qirg'iziston

Livan

Falastin


4-savatcha:

Hindiston

Tailand

Tojikiston

Gonkong

Malayziya

Indoneziya

P.S. O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2023da Bahrayn, Iordaniya, Qirg'iziston, Livan va Falastin bilan bir guruhda bo'lmaydi.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика