O'zbekiston MTJ bugun Dubay shahrida navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi
05 jan 2019 01:04
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ bugun Dubay shahrida navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi
Bugungi mashg'ulotlar "The Sevens Stadium" o'yingohida bo'lib o'tdi.
O'FA Matbuot xizmatining malumotiga qaraganda, bugun Kuper etiborni asosan standart vaziyatlarni mashq qilishga qaratdi. Futbolchilar burchakdan to'p oshirilganda qanday harakat qilish zarurligi, kimning vazifasi nimadan iboratligi bo'yicha murabbiydan aniq ko'rsatmalar olishdi.
Bundan tashqari jarimalardan zarbalar yo'llash mashq qilindi. Ertaga terma jamoa SHarja shahriga yo'l oladi. Mashg'ulotlar o'sha erdagi stadionda davom etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi dastlabki uchrashuvini Ummonga termasiga qarshi aynan SHarja shahrida joylashgan "Sharjah Stadium"da o'tkazadi.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar