O'zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi o'yini boshlanish vaqti o'zgardi
08 avg 2016 12:43
Yangiliklar
O'zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi o'yini boshlanish vaqti o'zgardi
O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi dastlabki uchrashuvi boshlanish vaqti o'zgardi.
1 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadigan ushbu uchrashuv boshlanish vaqti avvalroq 19:00 qilib belgilangan edi. Ammo xavfsizlikni taminlash masalalari etibori bilan ushbu o'yin start olish vaqti 20:00 qilib belgilandi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 avgustdan rasmiy o'yinlar oldidan so'nggi yig'inini boshlaydi. Ushbu yig'in davomida bir o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan. Ushbu xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekiston raqibi Burkina-Faso terma jamoasi bo'ladi. Uchrashuv 24 avgustda, “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
13:03
Timur Kapadze: "Birgalikda kuchli bo'lib kerakli natijani qo'lga kiritamiz, boshqa yo'limiz yo'q" 98
Fikrlar