So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  0 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  1 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

O'zbekiston milliy terma jamoasining bo'ydor posboni Evgeniy Safonov esingizdami? Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasining bo'ydor posboni Evgeniy Safonov esingizdami?

Milliy terma jamoamiz darvozasini tarixda bir qator mahoratli kiperlar qo'riqlagan.

Pavel Bugalo, Oleg Belyakov, Aleksey Poyakov, Evgeniy Safonov va boshqalar. Ularning orasida Safonov o'zining haybatli qomati va bo'ydorligi bilan ajralib turgan.

Evgeniy Safonov – 1977 yilda Toshkentda dunyoga kelgan. Bolaligidan futbolga mehr qo'ygan Jenya yakuniy qaror qabul qilishda darvozabonlikni tanladi. Oliy ligadagi debyutini 1996 yilda 19 yoshida «Do'stlik» jamoasida o'tkazdi va uch mavsum davomida ushbu jamoa sharafini munosib himoya qildi. 1999 yilda Samarqandning «Dinamo» jamoasiga yo'l olgan Safonov ajoyib o'yinlari sabab terma jamoaga taklif etildi. O'sha vaqtlarda Mahmud Rahimov terma jamoaga ko'plab futbolchilar qatori «Dinamo»dagi shogirdini ham jalb qilgandi. 2000 yilda ilk bor legionerga aylandi va Rossiyaning «SHinnik» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Milliy jamoa bilan 2004 yil Xitoydagi Osiyo kubogida ishtirok etdi. JCH-2002, 2006 saralash bahslarida bir nechta uchrashuvlarda maydonga tushdi. Faoliyatining so'ngi yillarida «Ural», «Megasport», «Ryazan» klublarida to'p tepgan posbon 2012 yilda qadrdon jamoasi «Dinamo»da yakunladi.


Ko'pchilik yoshi katta ishqibozlarga tanish bo'lgan kiperning fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashamiz.


“Futbolchilik faoliyatimni yakunlagach tadbirkorlikni boshladim. O'zimni kichik biznesim bor. Lekin, futboldan bilan butunlay yuz o'girmaganman. O'z hududimda faxriylar jamoasi bilan to'p tepib turamiz. Yoshlarga mahorat darslarini o'tamiz. Maslahat so'raganlarga yordamimni ayamayman.

O'zbekistonga so'ngi marotaba adashmasam 2013 yil yoki undan keyin bordim. O'shanda mamlakat futbolida o'zgarishlar, islohotlar yuz berishini sezgandim. Ravshan Ermatovning O'FA birinchi vice prezidenti bo'lganidan xursandman. U aslo ishiga yuzaki qaramaydi. Mehnatkash inson. Andrey Kanchelskisning ham O'zbekistonda ishlayotganidan xabardorman. Unda tajriba va xalqaro bilim bor. Arveladze haqida ham shunday fikr bildirishim mumkin.

O'zbekiston milliy terma jamoasini hali hamon mundialga chiqishini istayman. CHunki, men ham bir vaqtlar ushbu jamoada o'ynaganman. Nima etishmayapti? Biror narsa deya olmayman. Uning sabablariga chuqurroq kirishish kerak. Ichki chempionat ahvoli, Osiyodagi terma jamoalarning qanday uslubda o'ynayotganini ko'rib chiqish kerak.


Har bir murabbiyning faoliyatimda o'rni katta. Termani boshqargan mutaxassislar orasidan Bob Xaftonni ko'rsata olaman. U to'rt kun ichida jamoani «Quvayt» bilan o'yinga tayyorlagandi. Biz o'shanda birinchi bo'limdan so'ng imkoniyatni boy berayotgandik. Tanaffusda kerakli gaplarni aytgan va futbolchilarni ruhlantirgan.

Vladimi Maminov va Oleg Pashinin Moskvaning «Lokomotiv» jamoasining alishtirib bo'lmas o'yinchisi bo'lishgan. Maminov Qosimov bilan markazda o'zaro juda yaxshi tushunardi. Polyakovnig tanilishida ham O'zbekistonning o'rni katta.

O'zbekiston azaldan hujumkor o'yin ko'rsatib kelgan. Faqat, kuchli va darajasi baland raqiblar bilan o'yinni himoyadan boshlardik.

Ramziy terma jamoamni tuzganman. Pavel Bugalo, Andrey Fyodrov, Baxtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov, Nikolay SHirshov, Andrey Akopyanc, Mirjalol Qosimov, Server Jeparov, Viktor Karpenko, Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix”, - deydi Safonov. 


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика