So’nggi yangiliklar

01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  0 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  0 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:59Миллатлар лигаси. Франция - Италия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  4 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  7 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   31 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  6

O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan xorijlik murabbiylarni bilasizmi? Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan xorijlik murabbiylarni bilasizmi?

SHu vaqtga qadar milliy terma jamoamizni 22 nafar murabbiy boshqardi.

Ularning aksariyati o'zimizning mahalliy mutaxassislar hisoblanadi. Biroq, tarixda muvaffaqiyatga erishish uchun xorijlik murabbiylarga ham ehtiyoj sezilgan. Bugun shu haqida batafsil so'z yuritamiz.

Ubiraja Vega Da Silva –
yoshi katta muxlislar bu mutaxassisni juda yaxshi tanishadi. Braziliyalik murabbiy 1997 yilda “Paxtakor” murabbiyiga aylanadi. Uning qo'l ostida jamoa sovrinlarga ega chiqdi. Mamlakat chempioni bo'ldi. O'zbeksiton milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov qoniqarsiz natijalar sabab istefoga chiqarilgach, uning o'rniga Vega Da Silvani taiynlandi. U JCH – 1998 saralash bosqichining so'ngi ikki turida jamoani boshqardi. Toshkentda Qozog'iston yirik 4:0 hisobida taslim etilgan bo'lsa, safarda BAA bilan murosa ko'chasi tanlandi. 1998 yil Tailandda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida ham jamoani ushbu murabbiy maydonga olib tushdi. Guruh bosqichida alo natija qayd etdik. Biroq, keyingi bosqichda Ali Dai sardorligidagi Eronga yirik hisobda engildik. Darvoqe, milliy jamoamiz tarixidagi eng yirik g'alaba aynan Da Silvaning davrida qo'lga kiritildi. Osiyo o'yinlarida Mo'g'uliston 15:0 hisobida mag'lub etilgandi. Forslarga mag'lub bo'lganimizdan so'ng murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatildi.


Pavel Sadirin – Rossiyalik taniqli va tajribali mutaxassis, o'z vaqtida Rossiya terma jamoasiga ustozlik qilganini bilsangiz kerak. 2000 yilning mart oyiga kelib milliy jamoa boshqaruvi Sadirin ixtiyoriga topshiriladi. U futbolchilarimizni o'sha vaqtda odat tusiga aylangan Tailand safariga olib boradi va Isroil bilan o'rtoqlik uchrashuvida ijobi natijani taminlay olmaydi. SHu o'yindan ikki hafta o'tmay turib Sadirin o'z xohishiga ko'ra ketadi. Ushbu kutilmagan o'zgarish yuzasidan berilgan rasmiy izohga muvofiq, Pavel Fyodrovich CSKA taklifini rad eta olmagan ekan.


Vladimir Salkov – 2000 yilgi sharmandali Osiyo kubogidan so'ng federaciyada katta o'zgarishlar bo'ladi. O'FF bosh kotibi Zokir Qurbonovning o'rnida Baxtiyor Rahiimov ish boshlaydi. U esa o'z navbatida milliy jamoani tubda isloh qiladi. Bosh murabbiylikka Rossiyadan Vladimir Salkovni taklif qiladi. Uning ketidan bir qator xorijlik futbolchilar (Aleksey Dionisiev, Vladimir Maminov, Oleg Pashinin, Aleksey Polyakov, Georgiy Georgiev) mahalliylashtiriladi. Vladimir Salkov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 2001 yil Malayziyada tashkil etilgan "Merdeka kubogi"da ishtirok etgandi. Baxtiyor Hamidullaevning so'ngi daqiqalarda urgan “oltin goli” g'oliblik olib kelgandi. JCH–2002 saralash o'yinlari Toshkent va Ummonda bo'lib o'tadi. Terma jamoa hal qiluvchi bahslarda muhim ochkolarni qo'ldan boy beradi. CHarm to'p ustalarimiz Ummon bilan uchrashuvda 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda 2:4 hisobida mag'lub bo'lishadi. Bu esa Salkovning istefosiga etarli bo'ldi. Ochig'i, Salkovni ko'pchilik o'ta qattiqo'l, talabchan va jahldor murabbiy sifatida eslaydi. U matbuot anjumanlarida jurnalistlarni va futbolchilarni ochiqichasiga tanqid qilardi.


Leonid Ostroushko – Qozog'istonlik murabbiy terma jamoaga birgina uchrashuvda ustozlik qilgan. Salkov ketgach JCH–2002 saralash bosqichini tugatish uning yordamchisi chekiga tushadi vqa Xitoy bilan kechgan Toshkentdagi uchrashuvda Ostroushko boshchilik qildi. O'sha o'yin Nikolay SHirshovning ajoyib goli bilan barchaning yodida qolgan. Leonid Konstantinovich bunga qadar “Navbahor”, “Do'stlik” jamoalari bilan muvaffaqiyat qozona olgandi.


Xans Yurgen Gyode – Mundialdan quruq qolgan terma jamoamizni Ravshan Haydarov qabul qilib oladi. Tez orada murabbiylar shtabida germaniyalik Yurgen Gyode ish boshlaydi. Umuman olganda ushbu mutaxassis yurtimizda yomon faoliyat yuritmadi. 2004 yilgi Osiyo kubogiga jamoani yaxshi va ko'ngildagidek tayyorladi. Tarkibga yoshlarni jalb qilishda aynan u jonbozlik ko'rsatdi. CHunki, bir yil oldin kichik jahon chempionatida qatnashgan yoshlar terma jamoasidagi futbolchilarni yaxshi bilardi. JCH–2006 saralashi hal qiluvchi pallasida terma jamoa bosh murabbiyi sifatida elon qilindi. Ikkinchi bosqichning birinchi davrasida jamoamiz kutilmagan mag'lubiyatlarga uchradi. Saudiya Arabistoni bilan Toshkentda durang, Kuvayt va Janubiy Koreya bilan uchrashuvlardagi omadsizlikdan so'ng Gyode bilan o'rtadagi shartnoma bekor qilindi.


Bob Xafton – Jamoa Germaniya mundiali saralashining ikkinchi davrasini Ravshan Haydarov ustozligida boshlaydi. Ammo, muvaffaqiyatsizlik davom etavergach futbolimiz rahbarlari zudlik bilan angliyalik Bob Xafton bilan kelishuvga erishishadi. Toshkentda Quvayt bilan barcha narsaga oydinlik kirituvchi o'yinda jamoani boshqaradi. Birinchi bo'limda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan futbolchilarimiz, yakunda ajoyiyu kambek ko'rsatib g'alabani tantana qilishadi. Ushbu g'alaba vakillarimizga navbatdagi bosqichga chiqish uchun Bahrayn termasi bilan ikki o'tish o'yinini o'tkazish uchun imkoniyat berdi. Toshkentda o'tgan o'yinda 1:0 hisobida oldinda borayotgan edik. Ammo, Toshimicu Yoshida Server Jeparovning penaltidan urgan golini hisobga olmadi. FIFA esa malakasiz hakamni jazolaydi va natijani bekor qilib o'yinni boshqatdan o'tkazish haqida qaror chiqaradi. Qaytadan bo'lib o'tgan bellashuvda poytaxtdan 1:1 hisobidagi natija bilan qaytgan bahraynliklar o'z uyida 0:0 o'ynab safarda urilgan gol evaziga keyingi bosqchiga chiqadi. Oradan biroz vaqt o'tib Bob Xafton ham bo'shatiladi. Murabbiy bilan maosh masalasida kelisha olmaganimiz haqida turli gap, so'zlar yuradi.


Valeriy Nepomnyashiy – Ushbu inson faoliyati davomida Kamerun terma jamoasini mundial sari etaklay olgan. SHuningdek, sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi turli klublarda ishlagan. Nemopnyashhining boy tajribasi va malakasi inobatga olinib terma jamoa ruli ishonib topshiriladi. Bir vaqtning o'zida “Paxtakor”da ham faoliyat yuritadi. Uning oldiga terma jamoani 2007 yilgi Osiyo kubogiga olib chiqish vazifasi qo'yiladi. Topshiriq alo darajada bajariladi. Caralash bosqichida terma jamoamiz ayrim muammolarga duch keladi. Birinchi turda uyda kuchsiz Bangladesh yirik 5:0 hisobida mag'lub etiladi. Ikkinchi turda esa Qatardan 1:2 mag'lub bo'lib, quruq qo'l bilan qaytishadi. Navbatdagi bahsda esa Gonkong bilan o'z maydonimizda durang o'ynab ahvolimizni og'irlashtirib qo'yamiz. Safarda esa 0:0 hisobidagi nursiz durang o'ynab qaytamiz. Qolgan ikki o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritib ikkinchi o'rin bilan final bosqichiga yo'llanma olamiz. SHundan so'ng malum sabablarga ko'ra Valeriy Kuzmich bilan xayrlashiladi.


Ektor Kuper –
Argentinalik haqida ko'p ham gapirmoqchi emasman. Sababi, ushbu murabbiyning ketganiga bir yil ham bo'lmadi. O'tgan ikki yil davomida bu inson haqida ko'p va xo'p fikrlar yangradi. Kuperdan ko'pchilik super natijalar kutdi. Lekin, bari biz o'ylagandek bo'lmadi. Uning davrida terma jamoamiz ancha zaiflashdi deya olamiz. Har qanday raqibga tik boqadigan futbolchilar himoya va ehtiyotkorlikka urg'u berishdi. Xullas, murabbiyning qarashlari va falsafasi bizga mos tushmadi. Jurnalistlar bilan muloqotda o'zini oqlashga va gapni olib qochishga urinardi. Savollarga aniq javob bermasdi. Falastindan kutilmaganda uchralgan mag'lubiyatdan so'ng tanqidlar ostida qolib ketadi. O'FA va Kuper o'zaro kelishgan holda hamkorlikni to'xtatishadi.




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика