O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAda mashg'ulotlarga kirishdi. Odil Ahmedov Xitoyga qaytib ketdi
09 fev 2021 15:18
Yangiliklar


O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAda mashg'ulotlarga kirishdi. Odil Ahmedov Xitoyga qaytib ketdi
Bilasiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini olib bormoqda.
Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamiz bugun tongda sohil bo'yida tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazdi.
Odil Ahmedov «Tianjin Teda» klubi tomonidan Xitoy mamlakatiga chaqirilganligi sababli, ushbu yig'inda qatnasha olmasligi malum bo'ldi. Temurxo'ja Abduxoliqov bugundan etiboran MTJ ixtiyoriga kelib qo'shildi.
Quyida mashg'ulotlardan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar