So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  2 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

O'zbekiston milliy terma jamoasi 24 avgust kuni Burkina-Faso bilan o'ynaydi Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi 24 avgust kuni Burkina-Faso bilan o'ynaydi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 24 avgust kuni Toshkentda Burkina-Faso terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin Bunyodkor stadionida o'tkaziladi.

24 avgustga belgilangan O'zbekiston-Yaman uchrashuvi Yaman Futbol Federaciyasining tashabbusi bilan boshqa kunga qoldirildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi Yaman bilan nazorat o'yini o'tkazish rejalashtirilgandi. Ammo ikki terma jamoaning o'zaro kelishuviga ko'ra ushbu o'yin o'tkazilmaydigan bo'ldi. Yaman futbol federaciyasi bosh kotibi Hamid Al SHayboniy imzolagan maktubda aytilishicha, Sano xalqaro aeroportidagi ahvol yomonlashgan va vaziyat o'nglangmaguncha futbolchilar mamlakatni tark eta olmaydi. SHu sababli Yaman futbol federaciyasi uchrashuvni boshqa kunga ko'chirishni so'rab, O'zbekiston tomonining to'g'ri tushunishiga umid bildirgan.

Burkina Faso bilan o'rtoqlik o'yiniga tayyorgarlilar doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi yig'inini 20 avgust kuni boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, JCH–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichida O'zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan joy olgan bo'lib, Eron, Janubiy Koreya, Suriya va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs yuritadi. Milliy termaning uchinchi saralash bosqichidagi birinchi o'yini 1 sentyabr kuni Toshkentda, Suriya terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика