O'zbekiston Marokashga mag'lub bo'ldi
01 fev 2024 17:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/779011_original.jpg)
![](/upload/storage/779011_220.jpg)
O'zbekiston Marokashga mag'lub bo'ldi
Honda Midori boshchiligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi Rabot shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.
Bugun terma jamoamiz Marokash termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Marokashning ikkala goliga Gizlan CHebbak (24ʼ, 58ʼ) mualliflik qildi.
Marokash 2:0 O'zbekiston
Terma jamoamizning boshlang'ich tarkibi bilan tanishing: Jonimqulova,Asadova, Qudratqulova, Ablyakimova, Xabibullaeva, SHoyimova, Zoirova, Karachik, Ergasheva, Tojiddinova, Qo'chqorova.
Eslatib o'tamiz, jamoamizning Marokashga qarshi keyingi uchrashuvi 8 fevral kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar