So’nggi yangiliklar

19:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 0:2 (матнли трансляция)  169 18:49Туркиялик дарвозабон терма жамоа ихтиёридан кетиб қолди. У асосий таркибга киритилмаганидан хафа  0 18:22Ўзбекистон U-14 терма жамоаси бу сафар Қозоғистондан енгилди  0 17:59"Ньюкасл" ФИФАдан 6,5 миллион фунт олади  0 17:22Зидан тарихдаги энг яхши жамоани айтди, бу "Реал" эмас  22 16:53МЮ "Арсенал" ва "Челси" қизиқаётган футболчи учун курашга қўшилди  0 16:02"Маргарет Тэтчер, эшитяпсанми, сайлов кампаниянг қизиган пайтда менда сенга бир хабар бор..."  1 15:54Қишда "Нефтчи"ни қайси футболчилар эркин агент сифатида тарк этиши мумкин?   5 15:40Ўзбекистон – Уругвай учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  6 15:20Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Уругвайда жиддий йўқотиш  5 14:53Футбол бозорида янги давр: "Барселона" Ямаль учун мисли кўрилмаган таклиф олди!  10 14:26Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлик ўйинлари олдидан йиғин ташкил этади  0 13:58"Реал" Ҳоланд учун ҳаракатни бошлади  3 13:31Марсело Бьелса: "Рақиб жамоада Фабио Каннаваро каби юқори малакали мураббий бошчилик қилаётгани биз учун синов"  5 13:05"Қишки тозалаш": "Арсенал" 3 нафар футболчиси билан хайрлашади  1

Rasman: O'zbekiston Liga kubogida qo'shni davlatlardan jami 8ta klub qatnashadi Yangiliklar

Rasman: O'zbekiston Liga kubogida qo'shni davlatlardan jami 8ta klub qatnashadi

Bilasiz, o'tgan yili ilk bor O'zbekiston Liga Kubogi musobaqasi tashkil etildi.

Joriy yildan etiboran mazkur musobaqada qo'shni mamlakatlar jamoalari ham qatnashishlari mumkin ekani elon qilinib, bu boradagi xat O'FA tomonidan Tojikiston, Turkmaniston va Qirg'iziston futbol federaciyalariga yuborilgan edi.

Liga kubogi musobaqasining 2020 yilgi mavsumida Qirg'iziston hamda Tojikistondan 4 tadan jamoa qatnashadigan bo'ldi. Qirg'izistonning etakchi klublari – “Dordoy” (Bishkek), “Alay” (O'sh), shuningdek, “Abdish-ata” (Kant) hamda “Kaganat” (O'sh) klublari yangi mavsumda Liga Kubogi bahslarida qatnashishini tasdiqlab, rasmiy xat yuborishdi. SHuningdek, Tojikistonning “Ho'jand” (Ho'jand), “Regar-TadAZ” (Tursunzoda), “Ko'ktosh” (Rudaki) hamda “Istaravshan” (Istaravshan) jamoalari ham O'zbekiston Liga Kubogida ishtirok etish niyatida ekanini tasdiqladi.

Qayd etish joiz, qo'shni respublika jamoalarining Liga kubogi bahslariga qo'shilishi muxlislar sog'ingan derbilarni qaytarishi mumkin. Zero qo'shni mamlakatlar etakchi jamoalarining o'zaro to'qnashuvlari ham o'zbekistonlik, ham qirg'izistonlik, qolaversa tojikistonlik muxlislarning katta qiziqishga sabab bo'lishi tayin. SHuningdek, xalqaro musobaqalardan chetda qolayotgan klublar uchun ham bunday uchrashuvlar katta tajriba maktabi bo'lishi mumkin.

Liga kubogi ishtirokchi mamlakatlar hakamlari, komissarlari, inspektorlari uchun ham muhim. Ular xalqaro o'yinlar orqali OFK musobaqalari uchun dastlabki tayyorgarlik bosqichidan o'tish imkoniga ega bo'ladi. Bunda til muammosi deyarli ko'zga tashlanmaydi.

Alohida urg'u berish lozimki, mazkur musobaqada kelasi mavsumlarda Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari jamoalari ham ishtirok etishlari kutilmoqda. Bu bilan biz O'rta Osiyo jamoalarini birlashtirib turuvchi klublar musobaqasiga ega bo'lamiz, CAFA mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlar yanada iliqlashadi.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика