So’nggi yangiliklar

17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  0 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  7 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  21 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  48 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0

O'zbekiston Liga kubogida g'oliblik uchun 16 jamoa kurash olib boradi Yangiliklar

O'zbekiston Liga kubogida g'oliblik uchun 16 jamoa kurash olib boradi

2019 yilgi mavsumdan boshlab O'zPFL licenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o'rtasida O'zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi.

Taqvimda mazkur musobaqa o'yinlari uchun alohida kunlar belgilangan.

Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mashal” hamda “SHo'rtan” klublari ishtirok etadi. 2020 yildan boshlab O'zbekiston kubogi musobaqasida ishtirokchilar soni aynan licenziyalash talablaridan kelib chiqib belgilanadi, Liga kubogida esa O'zPFL tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha futbol klublari o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi. Zero, O'zbekiston kubogida g'olib chiqqan jamoada Osiyo CHempionlar ligasi yo'llanmasini yutib olish imkoniyati mavjud. SHunday ekan, licenziyalash talablariga javob bera olmaydigan klublarning mazkur musobaqada ishtirok etishiga kelasi mavsumdan boshlab yo'l qo'yilmaydi.

Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratiladi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi. Bellashuvlarning qaysi maydonlarda o'tishini qura jarayoni aniqlab beradi. Har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Keyin yarim final va eng so'ngida final o'yini. Guruh bosqichi 31 may sanasida start oladi.

O'zbekiston kubogida bo'lgani kabi, Liga kubogi uchun qura marosimi ham jonli namoyish etiladi. Qura marosimi qachon tashkil etilishi tez orada malum qilinadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика