So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  2 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  0 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  3 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  4 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1

O'zbekiston Liga Kubogi nima beradi? Yangiliklar

O'zbekiston Liga Kubogi nima beradi?

Kecha PFL tomonidan yangi tashkil qilingan musobaqa - O'zbekiston Liga Kubogiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

Kechagi quradan keyin ko'pchilikda turli savollar yuzaga keldi: bu qanday musobaqa, nima uchun o'tkazilyapti, bu musobaqaning O'zbekiston Kubogidan farqi bormi va hokazo. Avvalo shuni aytish kerak, Liga Kubogi umuman yangi musobaqa bo'lib O'zbekiston Kubogidan farq qiladi. 

O'zbekiston Kubogida Superliga va Pro liga jamoalarining hammasi ishtirok etishi mumkin, ammo Liga Kubogida faqat 16ta jamoa qatnashadi. Superliganing 14 vakili hamda "A" Pro ligadan ikkita jamoa - "Mashal" va "SHo'rtan". 

Agar Superliga formati o'tgan yilgidek saqlanib qolganida katta ehtimol bilan bu musobaqaga hojat qolmasdi. CHunki o'tgan yil Superliganing har bir klubi 32tadan o'yin o'tkazdi. Bu yil esa jamoalar soni 14taga etkazilgani hamda format ikki davrali bosqichga belgilangani uchun jamoalar 26tadan o'ynaydigan bo'lishdi. Buni esa PFL kam deb topdi (aslida ham shunday) va natijada O'zbekiston Liga Kubogi musobaqasiga asos solindi. 

Liga Kubogida finalgacha chiqqan jamoa hammasi bo'lib 6ta o'yin o'tkazadi va bu ham qo'shimcha amaliyot beradi. O'zbekiston Liga Kubogi formatiga ko'ra jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'lib chiqildi. Guruh o'yinlari bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi, yani bu erda "uy-mehmon" tartibi qo'llanilmaydi. Buyog'i endi omadga bog'liq, kimdir uyda o'ynaydi, kimdir mehmonda. Hozircha musobaqani o'tkazish tartibi elon qilib bo'lindi, faqat uchrashuvlar o'tadigan sana hali malum emas. Lekin tez orada elon qilinsa kerak.

Muxlislarning qura natijasidan xabari bor. Toki o'yinlar boshlanmaguncha imkoniyatlar borasida to'xtalmay turganimiz maqul. Eng avval boshqa savolga javob berish kerak bo'ladi: bu musobaqa bizga nima beradi? Fakt shuki, bu musobaqa Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma bermaydi, buning uchun bizda Superliga bilan O'zbekiston Kubogi bor. 

Liga Kubogi esa shunchaki o'yinlar sonini ko'paytirish uchun o'ylab topilgan deyishingiz mumkin, lekin bu o'rinda klublarni qiziqtirish uchun baribir nimadir yangilik qilish kerak bo'ladi. Aytaylik, g'olibga 1 (bir) milliard so'm berilsa, ishtirokchi jamoalarda qiziqish oshishi turgan gap. SHunchaki o'tkaziladigan bo'lsa, bu musobaqaning doim qishda o'tkazib kelingan PFL Kubogidan farqi bo'lmay qolishi mumkin. Yani, bu o'rinda etibor va o'yinlarni yoritish tomonlama fikr bildiryapmiz. 

Hozirgi kunda mukofot jamg'armasisiz turnir bilan klublarni qiziqtirish qiyin. CHunki hamma - professional, hech kim 90 daqiqani shunchaki o'tkazish uchun maydonga chiqmaydi. Bunga to'g'ri qarash kerak. Mukofot qo'yilsa, unda boshqa gap. G'olibga mukofotni PFL beradimi yoki alohida homiy topiladimi, bu endi ikkinchi masala. Asosiy masala shuki, Liga Kubogiga qiziqishni oshirish uchun pul mukofoti belgilanishi kerak. 

Liga Kubogi Angliyada ham bor, u erda ko'p jamoalar asosan ikkinchi tarkib bilan o'ynaydi. Murabbiylar ko'pincha zaxirada qolib ketayotgan o'yinchilarga imkoniyat beradi. Qolaversa kutilmagan natijalar ham ko'p qayd etiladi. Bazan nomdor bo'lmagan klublar finalga chiqib qolishi mumkin. Angliyada Liga Kubogi qanchalik qiziq, bundan xabarim yo'q, lekin bizda yangi tashkil etilgan turnirga klublarni qiziqtirsa bo'ladi. SHunchaki biz bu musobaqa "dlya galochki" sifatida bo'lib qolishini xohlamaymiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика