So’nggi yangiliklar

11:42Футзал бўйича Олий лига 7-тур учрашувлари қаерда ўтказилиши маълум  0 11:11U-23 Осиё чемпионати-2018. Тор-мор этилган грандлар, Японияга ёрдам беролмаган Хави Алонсо, самолётдаги раққосалар ҳамда "қор жанги"да қўлга киритилган тарихий чемпионликни ёдга оламиз  4 10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  1 10:20Бензема сурат учун 10 миллион евро тўлади  9 09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  4 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  30 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1

O'zbekiston – KXDR o'yini prevyusi Yangiliklar

O'zbekiston – KXDR o'yini prevyusi

Teglar :  O'zbekiston MTJKXDR
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 12 noyabr kuni Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi, 7-tur o'yinlari doirasida o'z maydonida KXDR terma jamoasini qabul qiladi.

O'yindan avval guruhdagi holat

O'zbekiston milliy terma jamoasi o'rin olgan saralashning “H” guruhida aynan mana shu ikki jamoa etakchi bo'lib turibdi. KXDR terma jamoasi shu vaqtga qadar besh o'yin o'tkazib, to'rt g'alaba va bir durang natija qayd etgan holda 13 ochko bilan jadvalning birinchi pog'onasidan o'rin olgan. O'zbekiston esa guruhdagi barcha raqiblaridan bir o'yin kam o'tkazgan bo'lib, ayni vaqtda guruhda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 9 ochko bor. Birinchi turda aynan KXDR terma jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyin guruhdagi qolgan uch jamoani mag'lub etgan O'zbekiston milliy terma jamoasi raqiblar darvozasini 12 bora aniq nishonga olib, 5ta gol o'tkazib yuborgan. SHimoliy Koreyada esa 5 o'yinda 9 gol urib, ikkita gol o'tkazib yuborgan. O'tkazib yuborgan har ikki golini ham aynan O'zbekiston terma jamoasi Pxenyandagi dastlabki o'yinida kiritgan. Ushbu saralash bosqichi doirasida boshqa hech bir jamoa KXDR darvozasini ishg'ol qila olgani yo'q.

Guruhda Filippin ham keyingi bosqich yo'llanmasi uchyaun kurashni davoi ettirmoqda. Ayni vaqtda Duley shogirdlari 7 ochko bilan “H” guruhida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bugun ular guruhda so'nggi o'rinni egallab turgan Yaman terma jamoasini o'z maydonida qabul qiladi. Hozircha 6 ochkoga ega bo'lgan Baxrayn esa bu turda dam oladi.

H - guruhi

#    

Jamoa

O'

G'

D

M

T-N

O

1

KXDR

5

4

1

0

9-2

13   

2

O'zbekiston    

4   

3   

0    

1    

12-5    

9

3

Filippin

5

2

1

2

4-8

7

4

Bahrayn

5

2

0

3

7-7

6

5

Yaman

5

0

0

5

0-10

0

O'zaro o'yinlar

Ushbu jamoalar shu vaqtga qadar jami 7 bor o'zaro to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlardagi ustunlik O'zbekiston milliy terma jamoasida: 4 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat. Ushbu o'yinlardagi to'plar nisbatida ham ustunlik to'liq O'zbekiston tomonida: 11-6.

Quyida jamolarning barcha o'zaro o'yinlari jadvalini keltirib o'tamiz:

1   

07.12.1998    

O'zbekiston    

4-0    

KXDR

XIII Osiyo o'yinlari. Gurux uchrashuvi  

2

24.12.2007

KXDR

2-2

O'zbekiston     

Tailand qiroli kubogi

3

29.08.2008

O'zbekiston

0-0

KXDR

O'rtoqlik uchrashuvi

4

11.10.2011

KXDR

0-1

O'zbekiston

JCH-2014 saralash uchrashuvi

5

11.11.2011

O'zbekiston

1-0

KXDR

JCH-2014 saralash uchrashuvi

6

10.01.2015

O'zbekiston

1-0

KXDR

Osiyo kubogi 2015. Guruh o'yini

7

16.06.2015

KXDR

4-2

O'zbekiston

JCH-2018 saralash uchrashuvi

O'yindan oldingi fikrlar

KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Kim CHang Bok: “Pxenyandagi birinchi o'yin o'tgandan buyon ancha vaqt o'tdi. Har ikki jamoa shundan keyin ancha o'yinlarda maydonga tushdi va ularni muvaffaqiyatli o'tkazdi” -, deya so'z boshladi 56 yoshli mutaxassis. - SHuning uchun bu o'yin ahamiyatini futbolchilarimiz yaxshi tushunib turibdi. O'yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va buni ertaga maydonda isbotlashga harakat qilamiz. Biz bu erga g'alaba uchun keldik. Ammo, agar biz ertangi o'yinda durangga imzo chekadigan bo'lsak ham, texnik tomondan bu biz uchun qoniqarli natija bo'ladi. CHunki, asosiy raqibni o'z maydonimizda mag'lub etib, javob o'yinida durang qayd etgan bo'lamiz. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, ertaga O'zbekiston o'z maydonida o'ynaydi va muxlislar ularni qo'llab-quvvatlab turadi. Biz muxlislar bosimini engib o'ta olsak, o'ylaymanki, yaxshi natijaga erisha olamiz”.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan: “Bizni masuliyatli va juda muhim o'yin kutib turibdi. KXDR terma jamoasi guruhimizda peshqadamlik qilmoqda. SHunday ekan ular hurmatga loyiq jamoa. Biz ham o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqibni juda yaxshi o'rganib chiqdik. Yaxshi o'yin ko'rsatib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Bilasiz, biz nominal bir hujumchi bilan o'ynab kelyapmiz va bo'lajak o'yinda ham bu sxemadan voz kechmaymiz. Bu chiziqda esa istalgan hujumchi paydo bo'lishi mumkin. Eng muhimi - jamoaviy o'yin. Biz 10 kishi bo'lib hujumga o'tamiz va 10 kishi bo'lib himoyalanamiz. Ob-havo o'yinga tasir o'tkazadi, deb o'ylamayman. Undan tashqari, biz Filippinga qarshi o'yinda uzoq vaqt jala ostida o'ynadik. Bu borada tajribaga egamiz. Eratangi o'yin juda muhim. U guruh taqdirini hal qiluvchi ahamiyatga ega. SHuning uchun, muxlislar o'yinga tashrif buyurib, jamoani qo'llab-quvvatlab turishadi, degan umiddamiz”.

Avvalroq, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyining ushbu o'yin uchun tanlagan 23 futbolchidan iborat tarkibini elon qilgan edik.

Eslatib o'tamiz, o'yin bugun, 12 noyabr kuni “Paxtakor” markaziy stadionida, 18:00da boshlanadi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика