So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  0 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  5 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  20 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

O'zbekiston terma jamoasi KXDR darvozasiga javobsiz 4ta gol urdi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi KXDR darvozasiga javobsiz 4ta gol urdi

O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDR bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yirik hisobda g'alabaga erishdi

 
Uchrashuvning 28-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Jaloliddin Masharipovni yiqitdi va bosh hakam KXDR darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pini Odil Ahmedov aniq amalga oshirib hisobni ochdi - 1:0.

65-daqiqada Doston Ibragimov uzatgan to'pni Temurxo'ja Abduxoliqov darvozaga yo'lladi - 2:0.

Oradan 3 daqiqa o'tgach raqib himoyachisi va darvozabonning qo'pol xatosidan so'ng Igor Sergeev gol urdi - 3:0.

90+2-daqiqada hujumga o'tgan Doston Tursunov yakuniy natijani o'rnatdi - 4:0.


O'zbekiston - KXDR 4:0
7 iyun 2019 yil. Toshkent. "Milliy" stadion. 20:00.

Hakamlar: CHorimurod Qurbonov, Polvon Polvonov, Ahmad Beknazarov (uchalasi Turkmaniston)

Gollar: Odil Ahmedov 28 penalti, - 1:0. Temurxo'ja Abduxoliqov 65, - 2:0. Igor Sergeev 68, - 3:0. Doston Tursunov 90+2, - 4:0.

O'zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Xojiakbar Alijonov (6.Davronbek Hoshimov, 46), 3.Doston Tursunov, 4.Akrom Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboev (19.Oston O'runov, 66), 9.Odil Ahmedov (21.Sardor Mirzaev, 84), 10.Jaloliddin Masharipov (17.Quvondiq Ro'ziev, 84), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (15.Igor Sergeev, 66), 22.Doston Ibragimov (23.Xurshid G'iyosov, 74)
Zaxira: 1.Javohir Ilyosov, 13.Oleg Zoteev, 14.Eldor SHomurodov, 16.Botirali Ergashev, 18.Fozil Musaev, 20.Islom To'xtaxo'jaev.
Bosh murabbiy: Ektor Kuper.

KXDR: 18.Sin Xyok, 3.Jang Kuk CHol, 6.Ri Tong Il, 7.CHoe Ju Song, 8.Xan Tae Xyok, 9.Kim Yong Il, 13.Sim Xyon Jin (14.Xong Jin Song, 62), 15.Ri Un CHol, 17.Ri CHang Xo, 19.Rim Kvang Xyok (12.Song Jong Xyok, 80), 23.Ri Yong CHol
Zaxira: 21.Kim Kvang CHol, 1.Ri Myong Guk, 2.Ri Jong Min, 4.Song Kum Il, 5.Song CHol Ung, 10.Kim Il Gvang, 11.Jong Il Gvan, 16.Xyon CHol Bom, 20.Pak Xyon Il, 22.Jo Sol Song.
Bosh murabbiy: Yun Jong Su.

Ogohlantirishlar: Ri CHang Xo 26, CHoe Ju Song 41, Ri Un CHol 45.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakuniga etdi. O'zbekiston - KXDR 4:0

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOSTON TURSUNOV! 4:0

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

89. ZARBAAA! Hoshimovning to'p uzatishidan keyin Sergeev zarba berdi, noaniq!

84. O'zgarishlar. O'zbekiston. Jaloliddin Masharipov o'rniga Quvondiq Ro'ziev, Odil Ahmedov o'rniga Sardor Mirzaev tushdi

81. ZARBA! Xurshid G'iyosovning zarbasi noaniq ketdi

80. O'zgarish. KXDR. Rim Kvang Xyok o'rniga Song Jong Xyok

77. ZARBAAA! Odiljon Hamrobekovning kuchli zarbasi anchagina xavfli chiqdi!

74. O'zgarish. O'zbekiston. Doston Ibragimov o'rniga Xurshid G'iyosov tushdi

72. ZARBA! Rim Kvang Xyok jarima to'pidan ancha noaniq zarba berdi

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IGOR SERGEEV! 3:0. Raqib himoyachisi va darvozabonning qo'pol xatosidan so'ng Sergeev gol urdi. 



66. O'zgarishlar. O'zbekiston. Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga Igor Sergeev, Ikrom Aliboev o'rniga Oston O'runov tushdi

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TEMURXO'JA ABDUXOLIQOV! 2:0. Doston Ibragimov uzatgan to'pni hujumchimiz darvozaga yo'lladi. 



62. O'zgarish. KXDR. Sim Xyon Jin (14.Xong Jin Song

60. Stadionga kelgan minglab muxlislar ajoyib muhit tashkil etishmoqda

58. Komilovning chap qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi

55. Koreyslar ham ancha faollashib qolishdi

51. ZARBA! Jarimadan oshirilgan to'pni Dostonbek Tursunov boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon ushlab oldi

46. O'zgarish. O'zbekiston. Xojiakbar Alijonov o'rniga Davronbek Hoshimov

46. Ikkinchi taym boshlandi!



45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

45. Ogohlantirish. KXDR. Ri Un CHol

41. Ogohlantirish. KXDR. CHoe Ju Song

38. Qarshi hujum! Biroq Masharipov sirg'anib ketdi va hujum yaxshi davom etmadi

36. ZARBAAA! Quvvatov hozir jamoamizni goldan qutqardi! 

35. ZARBAAAAAAAAA! Temurxo'ja Abduxoliqov chamasi 18 metrlardan darvozaga zarba berdi, birozgina noaniq!

32. ZARBA! Xan Tae Xyokning zarbasini Quvvatov ushlab oldi

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ODIL AHMEDOV! Sardorimiz penaltidan gol urdi GOLNI TELEGRAMDA TOMOSHA QILISH


28. PENALTI! Masharipov yiqitildi

27. Odil Ahmedovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

26. Ogohlantirish. KXDR. Ri CHang Xo

23. UXXXXXXXX! Akrom Komilov jarima maydoni yonida yiqitildi, jarima to'pini Masharipov amalga oshirdi. To'p darvozaning tashqi tomoniga tegdi 

18. Bugun KXDR katta kuch bilan himoyalanmoqda, vakillarimiz gol urish uchun turli yo'llarni ishga solishmoqda

14. ZARBAAAAAAAAAAA! Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Ahmedov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq! 


12. Xavfli vaziyayayayayayayat! Masharipov jarima to'pini amalga oshirdi, Hamrobekov boshi bilan darvoza yoniga to'pni tashladi, Ahmedovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi! 

9. ZARBAAAAAAAAAAA! Faqat himoyalangan koreyslarning ilk hujumi juda xavfli chiqdi! CHoe Ju Song jarima maydonimizga yaqinlashib zarba berdi, Quvvatov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi

5. Dastlabki daqiqalarda tashabbus bizning futbolchilarda, to'pni egallab turibmiz

1.O'YIN BOSHLANDI!

- Bugungi bahsda vakillarimiz ko'k, mehmonlar oq rangli formada o'ynashadi

- Toshkentdagi "Milliy" stadiondan reportajimizni boshlaymiz. Stadionga muxlislar tashrifi davom etmoqda.

- Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.


YANGILASH



Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика