So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

O'zbekiston kubogi. Yarim finalga qadar bosib o'tilgan yo'l Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Yarim finalga qadar bosib o'tilgan yo'l

Bugun va ertaga O'zbekiston kubogi yarim final bahslari bo'lib o'tadi.

Finalga chiqish uchun bir qadam qoldi. Yarim finalga qadar barcha raqiblarini mag'lub etgan “Qo'qon-1912”, “Bunyodkor”, “Paxtakor” hamda AGMK klublari etib kelishganini muxlislarimiz juda ham yaxshi bilishadi.  Ulardan ikkitasi yuqori oltilikda, qolgan ikkitasi quyi oltilikda ishtirok etishmoqda.

Xabaringiz bor, bu yildan mamlakat kubogining barcha bosqich o'yinlari bitta uchrashuvdan iborat bo'lmoqda. Bundan tashqari har bir bosqichga alohida qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qura jarayonida hech bir klubga engillik taqdim etilmadi va istalgan klubga istalgan raqib to'qnash kelishi mumkin bo'ldi. SHu boisdan ham muxlislar chorak finalning o'zida “Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvining guvohiga aylanishdi. Aynan yangi format sababli PRO-liganing bir yo'la ikki klubi chorak finalga qadar etib borishdi.

O'quvchilarimiz etiboriga klublarning yarim finalga qadar bosib o'tgan yo'llarini taqdim etamiz.
 
"Qo'qon-1912" (gol urganlar: Suhrob Berdiev 2ta, Bahodir Akramov, Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Ro'ziev, Bahodir Pardaev, Igor Taran)

No'mon Hasanov boshchiligidagi jamoa O'zbekiston kubogining 1/16 finalidan boshladi. Qo'qonliklar Zominda PRO-liga ishtirokisiga qarshi o'ynashdi. Aytish mumkinki "Qo'qon-1912" uchun aynan mana shu bosqich oxirgisi bo'lishi mumkin edi. Sababi o'yinning 77-daqiqasida mezbonlar 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi. So'nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirgan qo'qonliklar qo'shimcha taymlarda aniqrog'i 116-daqiqada uchinchi golni urib keyingi bosqchiga yo'l olishgandi.

Etiborlisi nimchorak finalda ham "Qo'qon-1912" iroda namoyish etgandi. O'z maydonida "Neftchi" bilan bahsning boshida gol qo'yib yuborgan Hasanov shogirdlari birinchi taymning o'zida hisobni tenglashtirishdi. Biroq ikkinchi taymda hisob o'zgarmadi. G'olibni aniqlash uchun qo'shimcha taymlar belgilandi. 113-daqiqada Murod Xolmuhammedovning penaltidan urgan goli evaziga chorak finalga chiqqandi.

Yaqindagina o'tgan chorak finalda "Qizilqum" har bir bo'limda bittadan urilgan gol evaziga dog'da qoldirildi. Etiborlisi bu safar qo'shimcha taymlarga murojaat qilinmadi.



AGMK (gol urganlar: Zafar Polvonov, Otabek Zokirov, Yovan Jokich, Kamoliddin Murzoev, Vladimir Bubanya, Jasur Hasanov)

Olmaliqning AGMK klubi ham xuddi "Qo'qon-1912" kabi musobaqani 1/16 finaldan boshladi. Bu bosqichda PRO-liganing "Norin" jamoasiga qarshi bahs taqdirini Polvonovning urgan yagona goli hal qilgandi.

Keyingi bosqchida AGMK jiddiyroq raqib "Nasaf" bilan to'qnash keldi. Birinchi taymning o'zida ikkita gol urgan mezbonlar yakunda 2:1 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l olishdi.

Etiborlisi AGMK uchala bosqichni ham o'z uyida o'tkazdi. Bunda albatta qurada jamoaning omadi kelgani bilan bog'lash mumkin. CHorak finalda olmaliqliklar juda qiyin o'yin o'tkazishdi. PRO-liga ishtirokichisi bo'lgan "Mashal"ga qarshi bahsda hisobda ortda qolayotgan jamoa so'nggi daqiqalarda muvozanatni tiklashdi. Qo'shimcha taymlardagina ikkita gol urib yarim finalga yo'l olishdi.


 
"Paxtakor" (gol urganlar: Jasur Hakimov 2ta, Jasur Yaxshiboev 2ta, Tiago Bezerra 2ta, Bahrom Abdurahimov, Doston Ibrohimov, Egor Krimec, Igor Sergeev)

"Paxtakor" O'zbekiston kubogiga 1/8 finaldan qo'shildi. Bu bosqichda jamoa Oltiariqning "Iftixor" klubi mehmoni bo'lishi kerak edi. Ammo PRO-liga jamoasi uy stadioni talabga javob bermagani uchun bahs Toshkentda "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda "sherlar" 6:0 hisobida zafar quchishdi.

CHorak finalda SHota Arveladze shogirdlariga jiddiyroq raqib to'g'anoq bo'ldi. Bu amaldagi kubok sohibi "Lokomotiv" edi. Biroq bu uchrashuvda ham "Paxtakor" raqibini yirik hisobda taslim qildi - 4:0. "SHerlar" faqat yarim finaldagina safarda o'yin o'tkazishadi.


 
"Bunyodkor" (gol urganlar: Mirjamol Qosimov 2ta, SHahzodbek Nurmatov)
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" 1/8 finalda o'z uyida "So'g'diyona"ni qabul qildi. Mirjamol Qosimovning urgan goli evaziga g'alaba qozongan "Bunyodkor" keyingi bosqchiga chiqqandi.

CHorak finalda esa jamoa vodiyda mehmon bo'ldi. PRO-ligada ishtirok etayotgan "Andijon"ga qarshi bahsning birinchi taymida Mirjamol Qosimov hamda SHahzodbek Nurmatovning gollari mehmonlarga g'alaba keltirdi - 2:1.

Mirjalol Qosimov finalga chiqish uchun o'z uyida Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi AGMK to'sig'idan o'tishi lozim bo'ladi.




YARIM FINALCHILAR BOSIB O'TGAN YO'L
1/16 final

"Zomin" - "Qo'qon-1912" 2:3
AGMK - "Norin" 1:0

1/8 final
"Qo'qon-1912" - "Neftchi" 2:1
AGMK - "Nasaf" 2:1
"Iftixor" - "Paxtakor" 0:6
"Bunyodkor" - "So'g'diyona" 1:0

1/4 final
"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" 2:0
AGMK - "Mashal" 3:1
"Andijon" - "Bunyodkor" 1:2
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 4:0

Yarim final
27 sentyabr

“Qo'qon-1912” – “Paxtakor”

28 sentyabr
“Bunyodkor” – AGMK


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика