So’nggi yangiliklar

21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  1 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  2 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  5 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  7 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5

O'zbekiston Kubogi. "So'g'diyona" o'z uyida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. "So'g'diyona" o'z uyida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi

O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan dastlabki o'yinni quyida matnli translaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

17:45 - "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" 1:0
Gol:
Nodirbek Ibragimov 78
"So'g'diyona":
31.Mixail Spiridonov, 2.Dilmurod Ikromov, 5.Akbar Sattaev, 6.Sobir Hamidov, 7.Sanjar Rashidov (11.Nodirbek Ibragimov, 76), 8.Suhrob Qobilov (23.Bobir Qosimov, 69), 10.Jasur Hakimov (28.Sanjar Rihsiboev, 46), 17.Muzaffar Muzaffarov, 22.Saydullo Rahmatov, 24.Asijon Begimqulov(S), 40.Muqimjon Toshmatov.
Zaxira:
12.SHirinboy Abdullaev, 3.Ilhom Komilov, 9.Anvar Rajabov, 21.Akmal Abdurahmonov,
"Qo'qon-1912":
12.Aziz Ashurov, 3.Hasanboy Ergashev, 5.Jalil Kimsanov (23.Furqatjon Hasanboev, 46), 6.Bahodir Akramov, 9.Nosirbek Otaqo'ziev, 10.Quvondiq Ro'ziev (11.Doniyor Usmonov, 50), 18.Sardorbek Eminov, 19.Vladimir Argun (8.Nodirbek Qo'ziboev, 76), 20.Xurshidbek Muxtorov, 22.Orifjon Mamajonov, 24.Ilya Ilin.
Zahira:
16.Andrey Baklanov, 15.Maruf Zokirjonov, 28.Aleksey Nikolaev, 29.Igor Golban.
CHetlatish:
Sardor Eminov 86


                                 YANGILASH


Etiboringiz uchun tashakkur. Salomat bo'ling!


90+3. Uchrashuv yakunlandi. SHu tariqa O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichi, dastlabki uchrashuvida jizzaxliklar kichik hisobda g'alaba qozondi.


90+1. Yana Muqimjon Toshmatov! CHap qanotda qarshisidagi raqibini ustalik bilan aldab, jarima maydoni ichiga yorib kirdi. Ammo uning markazroqqa uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi.


90. Birinchi bo'limga bosh hakam 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


90. UUXXX! Aziz Ashurov! Saydullo Rahmatov o'ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. To'g'ri darvoza tomon yo'llangan zarbadan so'ng to'pni darvozabon arang qaytarishga erishdi.


88. Bugun mezbonlar tarkibida zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishga erishdi deya bemalol aytsa bo'ladi. 


87. Furqat Hasanboevning chap qanotdan uzatgan to'pi hech kimga tegmagan xolda maydonni tark etdi.


86. Ha aziz muxlislar bugun jizzaxliklar tarkibida Muqimjon Toshmatov tezkor xarakatlari bilan raqiblariga tinchlik bermayapti.  


83. Qo'qonliklar endi uchrashuvning qolgan daqiqalarini 10 kishi bo'lib o'tkazishga majbur.


82. CHetlatish. "Qo'qon-1912". Sardor Eminov raqibi Saydullo Rahmatovga ochiqchasiga qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan chetlatildi.


80. Muqim Toshmatov chap qanotdan ildamroq xarakat qilib, to'pni markazda turgan Rihsiboevga uzatdi. Ammo mehmonlar to'pni qaytarishga erishdi.


77. Muqimjon Toshmatovning chamasi 30 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Ashurov to'pni qaytardi. Unga birinchi bo'lib etib kelgan Nodir Ibragimov aniq zarbasi bilan darvoza to'rini ishg'ol etdi.


77. GOOOLLL!!! Hozirgina maydonga tushgan Ibragimov hisobni ochdi. 


76. O'zgarish. "So'g'diyona". Sanjar Rashidov o'rniga Nodir Ibragimov tushdi.


76. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Vladimir Argun o'rniga Nodirbek Qo'ziboev tushdi.


74. Sanjar Rihsiboevning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.


73. Muqimjon Toshmatov to'pni egallab olgan xolda, jarima maydoni sari yurish qildi. Uning yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p yo'liga Xurshid Muxtorov g'ov bo'ldi.


72. Eminov jarima zarbasini o'zi amalga oshirdi. Uning yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p jonli devorda turgan Akbar Sattaevga tegib maydonni tark etdi. 


71. Sardor Eminov bilan to'p uchun kurashda Saydullo Rahmatov qo'pol o'ynadi. Jarima zarbasi. 


69. O'zgarish. "So'g'dayona". Suhrob Qobilov o'rniga Bobur Qosimov tushdi.


67. Sanjar Rihsiboevning chap qanotdan uyushtirayotgan reydlari anchagina xavfli tus olmoqda.


65. Doniyor Usmonov raqibidan to'pni olib, tahminan 25 metrlardan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi. Mixail Spiridonov qiyinchiliksiz to'pni ushlab olishga erishdi.


63. Zaxiradan maydon tushgan Sanjar Rihsiboev hozircha ancha faol!


62. Xavfli vaziyayayattt! Sanjar Rihsiboev raqiblarini aldab o'tgan xolda Rashidovni qulay pas bilan taminladi. Sanjar esa to'pni darvoza to'sini ustidan ancha yuqoriga tepib, vaziyatni ko'kka sovurdi.


61. Bosh hakam Baxtiyor Namozovning qarorlari jizzaxliklar ustozi Davron Fayzievda etiroz keltirib chiqarmoqda.


59. Sanjar Rashidovning darvoza tomon yo'llagan zarbasidan so'ng to'p Argunga tegib, manzilga etib bormadi.


58. Eminov o'ng qanotdan jarimay maydoni ichiga havolatib pas oshirdi. Nosir Otaqo'ziev o'yindan tashqari xolatda deya baholandi.


58. Suhrob Qobilov chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi. Hasanboev esa to'pni uzoqlashtirgan xolda, vaziyatni biroz yumshatdi. 


56. Endi esa maydon markazida Dilmurod Ikromovga shifokorlar muolaja ko'rsatmoqda.


55. Muzaffar Muzaffarov belidan jarozat oldi. SHifokorlar uni maydon tashqarisiga olib chiqib ketmoqda.


53. Toshmatov markazda to'pni qabul qilib olib, oldinga yurish qildi. Ammo juda kech bayroqchasini ko'tardi va o'yindan tashqari xolat ekanligini bildirdi. 


51. Mezbonlar navbatdagi hujumni tashkil etmoqchi bo'ldi. Lekin Muqimjon Toshmatovning o'yindan tashqari xolatda ekanligi qayd etildi.


50. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Quvondiq Ro'ziev o'rniga Doniyor Usmonov tushdi.


49. Furqat Hasanboev tahminan 25 metrlardan darvozabonni xushyorligini sinab ko'rdi. Spiridonov o'z o'rnida.


48. Zarbaaaa... Muzaffar Muzaffarooov! "So'g'diyona" futbolchisining kutilmaganda darvoza tomon yo'llagan zarbasidan so'ng Ashurov to'pni qiyinchilik bilan qaytarib yubordi. Keyinchalik Toshmatovga aniqlik etishmadi. 


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Qani kettik!


O'zgarish. "So'g'diyona". Jasur Hakimov o'rniga Sanjar Rihsiboev.


O'zgarish. "Qo'qon-1912". Jalil Kimsanov o'rniga Furqat Hasanboev tushdi.


Ikkinchi bo'lim boshlanishi arafasida. Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.


45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!


44. Jasur Hakimovning 12 metrlardan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p Ilinning oyog'iga tegib maydonni tark etdi.  


42. Orif Mamadjonov bu safar o'zi jarima maydoni ichiga kirib darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p esa ustun oldidan o'tib ketdi.


38. ZARBAAAAA! Orif Mamadjonov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichida turgan sherigi Otaqo'zievga havolatib uzat berdi. Nosirning bosh bilan bergan zarbasini Spiridonov arang qaytardi.


35. Eminov chap qanotdan to'pni qarama-qarshi qanotga uzatib, Argunni to'p bilan taminlamoqchi bo'ldi. Ammo Saydullo Rahmatov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


34. Ochig'ini aytganda, hozircha o'yin borasida "So'g'diyona" ustunlikka erishmoqda.


32. Kezi kelganda shuni aytish mumkinki, o'tgan yili "So'g'diyona" tarkibida xarakat qilgan Sardor Eminov bilan Orif Mamadjonov bugun sobiq jamoasiga qarshi o'ynamoqda.


31. Jarima zarbasini Eminovning o'zi bajardi. Darvoza tomon havolatib uzatilgan to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.


30. Sardor Eminov chap qanotdan oldinga o'tayotganida Sattaev uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.  


27. Jussasi kichik bo'lsada, Muqimjon Toshmatov raqiblarini sarosimada ushlab turibdi.


25. Saydullo Rahmatov chap qanotdan to'pni mehmonlar jarima maydoni ichiga oshirdi. Sal bo'lmasa himoyachilar o'z darvozasiga to'p kiritib yuborishi ham mumkin edi. Ashurov esa o'z o'rnida.


23. Endi "Qo'qon-1912" futbolchilari hujumga o'tdi. Ergashev o'ng qanotdan olding o'tib, to'pni jarima maydoni ichida turgan Argunga uzatdi. Vladimir esa chaproqda turgan jamoadoshiga to'pni uzatdi. Orif Mamadjonovning yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.


22. Tezkor o'yin bo'lmoqda.


20. UUUUXX! Yana Sobir Hamidov! O'ng qanotdan Muqimjon Toshmatov ustalik bilan raqibini dog'da qoldirgan xolda, to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. Sobirning bergan kuchli zarbasidan so'ng "Qo'qon-1912" posboni to'pni arang urib yubordi. Keyinchalik darvoza tomon kirib ketayotgan to'pni Mamadjonov so'nggi pallada qaytarishga erishdi.


18. Zarbaaaaa. Sobir Hamidov! Asli Qo'qonda tug'ilib voyaga etgan Hamidovning chamasi 22 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Ashurov o'z o'rnida to'pni ushlab oldi.


17. O'tgan safar jizzaxliklar o'z maydonida "Andijon"ga yutqazib qo'ygani bo'lsa kerak, bugun ishqibozlarning stadionga tashrifi u qadar ko'p emas.


15. Xurshid Muxtorov chap qanotdan hujumga o'tdi. Avvaliga u Akbar Sattaevni ustalik bilan aldab o'tdi. Ammo keyinchalik to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.


13. Xavfli vaziyayayayattt! Endi Toshmatov o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga to'p uzatdi. Sobir Hamidov garchi to'pga jon-jahdi bilan tashlangan bo'lsada, unga birozgina eta olmadi. To'p esa maydonni tark etdi.


12. Har ikki jamoa bosh murabbiylari: Davron Fayziev va Rustam Abdullaev maydon chetida turib, shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni berib bormoqda.


10. Sobir Haimdov markazdan to'pni chap qanotga uzatgan xolda Muqimjon Toshmatovni oldinga boshladi. To'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga intilgan Jalil Kimsanovga Toshmatov qarshilik ko'rsatib, burchak to'pi ishlab oldi.


9. Qo'qonliklar jarima zarbasini tepish xuquqini qo'lga kiritdi. Orif Mamadjonovning amalga oshirgan zarbasidan so'ng Otaqo'zievni yon chiziq hakam o'yindan tashqari xolatda deya baholadi.


8. Jasur Hakimovning bir o'zi raqib himoyachilariga tashvish tug'dirmoqda.


7. "So'g'diyona" futbolchilari tashabbusni o'z qo'llariga olishga urinmoqda. 


5. Zarbaaaa. Suhrob Qobilov markazdan to'pni o'ng qanotdan oldinga tashlanayotgan sherigi Jasur Hakimovga oshirdi. Jasurning jarima maydoni ichida turib bergan kuchli zarbasidan so'ng Ashurov to'pni mushti bilan urib qaytardi.


3. Quvondiq Ro'ziev mezbonlar jarima maydoni ichida Eminovni pas bilan taminladi. Sardorning darvoza tomon yo'llagan zarbasidan so'ng to'p Dilmurod Ikromovning boshiga tegib maydonni tark etdi.

2. Nosir Otaqo'ziev to'p uchun kurashda Akbar Sattaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. Jarima zarbasi.


1. "So'g'diyona" futbolchilari to'pni o'yinga kiritgan xolda, uchrashuvni boshlab berdi.


Bugun "Qo'qon-1912" ustozi Rustam Abdullaev tarkibda kichik o'zgarishlarga qo'l urganini payqagan bo'lsangiz ajab emas. 


Diqqat qiling! Uchrashuv boshlanish arafasida. Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelmoqda.


Har ikki jamoa futbolchilari maydonga chiqib chigalyozdi mashklarini bajarmoqda. Yana bir necha daqiqalardan so'ng uchrashuvga start beriladi.


Bugun O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichining dastlabki o'yinlari davom ettiriladi. 


Zomindagi stadionga etib keldik va sizlarni yaqin ikki soat davomida zeriktirib qo'ymaslikka urinamiz.


Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari!



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика