So’nggi yangiliklar

11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  0 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3

O'zbekiston Kubogi saralashida 8 ta jamoa qatnashishi elon qilindi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi saralashida 8 ta jamoa qatnashishi elon qilindi

7 mart kuni O'zbekiston Kubogining guruh bosqichiga qura tashlangan bo'lib, unga ko'ra "A" hamda "F" guruhlarining to'rtinchi jamoasi saralash o'yinlari orqali aniqlanishi aytilgandi.

A guruhidan "Andijon-SGS", "G'ijduvon" va OKMK klublari joy olgan bo'lsa, "F" guruhini "Andijon", "Olimpik" hamda "Navbahor" tashkil qilib turibdi. 

Guruh bosqichining so'nggi ikki yo'llanmasi uchun Birinchi liganing 8 ta jamoasi kurash olib boradi: "Jayxun" (Qoraqalpog'iston), "Nurafshon" (Buxoro), "Qumqo'rg'on" (Surxondaryo), "Jizzax" (Jizzax), "Yangiyo'l" (Toshkent viloyati), "Olimpiya" (Toshkent), "CHig'atoy" (Toshkent), "Cementchi" (Farg'ona). 

Guruh bosqichiga yo'llanma olish uchun mazkur jamoalardan ketma-ket ikki uchrashuvda zafar quchish talab etiladi. 

Ertaga, 15 mart kuni saralash o'yinlariga qura tashlab beriladi. Unga ko'ra, I bosqichda sakkiz jamoa o'zaro to'rt juftlik hosil qiladi. Bellashuvlar 24 mart kuni bo'lib o'tadi. G'olib to'rt jamoa II bosqichda yana ikki juftlik hosil qiladi va har ikki bellashuv g'oliblari mos ravishda guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

2023 yilgi O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi Qarshi shahrida bo'lib o'tadi. Reglament asosida saralash o'yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика